Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
ularni muvofiq joylarga uzatmoq o‘ta muhim ishdir.
Hadisi sharifda bunday deyiladi:
“O‘z izzatli va odobli qizini fosiq kishiga uzatgan
kimsaning ustiga har kuni ming la’nat tushadi, qilgan amali osmonga chiqmaydi, duosi
mustajob bo‘lmaydi va uning uchun sarf va adl qabul bo‘lmaydi”.
Shuningdek, kishi o‘zining yosh qizini katta yoshli, qabih va xunuk kishiga bermasin,
chunki bundan fitna sodir bo‘lishi mumkin.
Qizning o‘ziga mos kuyovdan sovchi kelsa, valiy (qiz egasi) paysalga solmasin. Zero,
badavlat yo mansabdor kuyov kutish yoki boshqa ta’xir sababidan fitna va fasodga
duchor bo‘lishi mumkin. Hadisi sharifda:
“Uch narsa: namoz vaqti kirganda, janoza hozir
bo‘lganda va qiz bolani o‘ziga munosib kuyov talab qilganda kechiktirilmaydi”
, deb
marhamat qilingan.
MAHR
Nikoh vaqtida kuyov tomonidan kelinga beriladigan doimiy va shaxsiy mulkni mahr
deyiladi.
Mahr nikohning vojiblaridan biri bo‘lib, uning miqdori nikoh vaqtida tayin qilinadi. Nikoh
payti mahr tayin qilinmasa ham, nikoh sahih hisoblanadi, ammo mahri misl berish vojib
bo‘ladi. Mahri misl shuki, kelinga ota tomonidan qarindosh, aqli, dini, xusni, yoshi, mol-
mulk va obro‘si barobar, hatto qiz yo juvonligi muvofiq bo‘lgan tengining mahri
miqdoridir. Agar ota qavmidan tengi topilmasa, u holda begonalarga qiyoslanadi.
Mahr kuyov tomonning imkoniyatiga qarab belgilanadi. Mahrni quyidagi rivoyatga
muvofiq berish sunnatdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qizlari Fotima roziyallohu
anhoni hazrati Ali karramallohu vajhahuga to‘rt yuz misqol nuqra mahr bilan uzatdilar.
Mahrning eng kam miqdori ham bor va bu qiymat “Majma’ ul-maqsud”da o‘n tanga
deyilgan. Agar mahr bu miqdordan kam belgilansa ham, o‘n tanga berish vojib bo‘ladi.
Ko‘pincha, nikoh paytida qizning mahrini belgilamay, “mahriga bitta uy, oldi ayvon, sigiri
bilan” deb qo‘yishadi. Buni kelin-kuyov tushunmaydi ham. Oqibatda kelinlarimizning
haqlari paymol bo‘ladi. Uy ham, mol ham bo‘lajak oilaning umumiy mulkidir. Nikoh
paytida guvohlar ishtirokida mahrni aniq belgilash, bu narsa kelinning shaxsiy va daxlsiz
narsasi ekanligini tushuntirish, kuyovga esa va’da qilingan mahrni aslo esdan
chiqarmay, taqdim etishni yuklash, ayniqsa, muhimdir.
Mahrni chin dildan rozi bo‘lib, xursandchilik bilan berish kerak. “Niso’” surasining 4-
oyatida Alloh taolo:
Do'stlaringiz bilan baham: