VAHIYNING UZILIB QOLISHI
Rasululloh uchun kutilmaganda boshlangan vahiy to‘satdan to‘xtab qoldi. Vahiy
qancha vaqt to‘xtagani haqida tarixchilarning fikrlari turlicha, har qalay bu muddat qirq
kun bo‘lganligi haqiqatga yaqin. Bundan maqsad payg‘ambar alayhis-salomni vahiyga
ruhan va jisman moslashtirish edi. Biroq qirq kunga cho‘zilgan tanaffus sarvari olamga
qattiq ta’sir qildi. Olloh ulug‘ ne’matini bir ko‘rsatib, endi msni undan bsnasib etdimikin,
degan o‘y yuraklarini ezar, biron baland cho‘qqiga chiqib o‘zlarini tashlab yuborgilari
kelardi. Ollohning u kishini o‘zi bilan bandalari o‘rtasida vositachilikka tanlanganligi ulug‘
ne’matdir. Rasulullohga farishta ko‘rinib: "Sen Ollohning haq payg‘ambari", deb aytar va
shu bilan vasvasga solayotgan yomon xayollarni aritib, ko‘ngillariga farog‘at bag‘ishlardi.
Nihoyat parvardigori olam dunyoni islom nuri bilan munavvar etishni ixtiyor etib,
Muhammad alayhis-salomga yana vahiy yo‘llay boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |