www.ziyouz.com kutubxonasi
14
VAHIYNING BOSHLANISHI
Rasululloh kamolot cho‘qqisi bo‘lmish qirq yoshga yetganlarida Olloh insoniyatni
jaholat zulmatidan ma'rifat oydinligiga chiqarish uchun u kishini bashoratchi va
ogohlantiruvchi payg‘ambar qilib tanladi. Munajjim Mahmud Poshoning aniqlashicha, bu
voqea melodiy 610 yil 2-oyining boshida yuz bergan. Vahiy dastlab o‘ngidan keladigan
tushlardan boshlangan. Bu tushlar haddan tashqari aniq xuddi o‘ngida sodir bo‘lgandek
ravshan edi. Olloh o‘z bandasini har bir ishga bosqichma-bosqich tayyorlab, kamolotga
yetkazadi. Farishtadan ilk vahiyni qabul qilish odam bolasi uchun g‘oyat mushkul edi.
Shu bois rasululloh Ollohga yuzlanish uchun dunyoning ishlariga qo‘l siltab, xalqdan
uzilib, yolg‘izlikni ixtiyor etdilar. Tanholik kishining ruhini poklaydi. Payg‘ambar alayhis-
salom Makka yaqinidagi Hiro g‘orida talay kunlarni tanholikda o‘tkazdilar. Bunday holat
ba’zan o‘n kun, ba’zan biror oyga cho‘zilar, sarvari olam bobokaloni Ibrohim alayhis-
salom diniga binoan istiqomat qilardilar. Istiqomatdan qaytgach, Xadichaning yonida bir
necha kun bo‘lib, navbatdagi uzlatga hozirlik ko‘rardilar. Bunday istiqomat to ilk daf’a
payg‘ambarlik vahiysi kelguncha davom etdi. Kunlarning birida rasululloh tog‘ tepasida
turganlarida to‘satdan ro‘paralarida bir odam paydo bo‘lib: "Ey Muhammad, suyunchi
ber, men Jabroilman, sen esang Ollohning bandalariga yuborgan elchisisan!" dedi va
shundan keyin: "O’qi!" deya amr etdi. Rasululloh: "Men o‘qishni bilmayman", dedilar.
Chindan ham u kishi o‘qishni, yozishni bilmas edilar. Jabroil payg‘ambar alayhis-salomni
quchoqlab qattiq qisdi, rasulullohning oyoq-qo‘llaridan mador ketib, bo‘shashib qoldilar.
Jabroil qo‘yib yuborib yana: "O’qi!" dedi. Payg‘ambar alayhis-salom tag‘in: "Uqishni
bilmayman", deya javob qaytardilar. Jabroil yana u kishini qattiq qisib, qo‘yib yubordi-
da, "O’qi!" deb buyurdi. Rasululloh tag‘in: "O’qishni bilmayman", deya javob qaytardilar.
Jabroil u kishini uchinchi marta qattiq quchoqlab qo‘yib yuborgach: "Insonni quyuq
qondan yaratgan robbingning nomi bilan o‘qi. Robbing benihoya hurmatga sazovordir. U
qalam bilan yozishni o‘rgatdi, insonga bilmagan narsalarini bildirdi", dedi. (Alaq
surasining 1-5-oyatlari)
Payg‘ambar alayhis-salom farishta bilan ilk bor uchrashuvdan qattiq vahimaga tushib,
uyga shoshildilar. Qo‘rquvdan paydo bo‘lgan titroqni bosolmay Xadichaga: "Meni o‘rab
qo‘yinglar, yaxshilab o‘rab qo‘yinglar!" deb buyurdilar. Xadicha u kishini o‘rab-chirmab,
titroqlari bosilguncha tepalarida o‘tirdi. Rasululloh yuz bergan voqeani bayon etib:
"O’zimdan xavfsirab qoldim!", dedilar, chunki u kishi Jabroil haqida hech qanday
tasavvurga ega emasdilar. Shu bois farishta quchog‘iga olib, qattiq qisganda qo‘rquv va
og‘riqdan jonlari halqumlariga kelib qoldi. Xadicha umr yo‘ldoshlariga tasalli berib: "Olloh
qarindosh-urug‘lariga rahm qiladigan, ojizu notavonlardan marhamatini ayamaydigan,
yo‘qsillarning holidan xabar oladigan, mazlumlarga yordam qo‘lini cho‘zadigan,
mehmonlarni ochiq chehra bilan kutadigan sizdek odamni hargiz yomon ahvolga solib
qo‘ymaydi. Yaratgan egam sizga shaytonni ro‘baro‘ qilib, vasvasaga solmaydi. Imonim
komilki, Olloh xalqingizni hidoyat qilish uchun sizni tanlabdi", dedi. Xadicha o‘z fikrini
isbotlash uchun ilohiy kitoblarni o‘qigan, avvalgi payg‘ambarlarning tarjimai holidan
xabardor olimlarga uchrashishni ko‘ngliga tugib, rasulullohni amakisining o‘g‘li Varaqa
ibn Navfalning huzuriga olib bordi. Varaqa johiliyat davrida nasroniy diniga kirgan,
ibroniy yozuvini puxta egallab, bu yozuvda Injidga juda ko‘p sharhlar yozgan, yoshi
o‘tib, ko‘zi o‘tmaslashib qolgan mo‘tabar olim edi. Muhammad alayhis-salom u kishiga
ko‘rgan-kechirganlarini bir boshdan gapirib berdilar. Varaqa: "Olloh Muso payg‘ambarga
yuborgan shariati mana shu", dedi. Bu zot Jabroilning Xudo tomonidan o‘z
payg‘ambarlariga yuboriladigan elchisi ekanidan xabardor edi, "Koshki yosh yigit
bo‘lsam, — dedi Varaqa afsus-nadomat bilan. — Qavming ota-bobosi e’tiqod qilib kelgan
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |