TAVROTDAGI BASHORAT
Alloh taolo Muso payg‘ambarga shu zamondagi xalqning axvol ruhiyasiga mos qonun-
qoidalar basn etilgan Tavrotni nozil qildi. Bu muqaddas kitobda parvardigori olam
yuborajak payg‘ambarlari haqida xabar bergan. Tavrotning 5-pora, 8-bobida oxir zamon
payg‘ambari haqida ham bashorat qilinib, Muso alayhis-salomga: "Bu payg‘ambarlar
orasidan senga o‘xshagan bir payg'ambarni yuboraman, og‘ziga kalomimni solaman, u
o‘z ummatiga men buyurgan hamma narsani aytib beradi. Mening nomimdan aytgan
so‘zlariga quloq solmagan odamdan intiqom olaman. Menga takabburlik qilishga jur’at
etgan, men buyurmagan narsalarni mening yoki boshqa ilohlarning nomidan gapiradigan
payg‘ambarlar o‘limga mahkum. Chin payg‘ambarlar bilan yolg‘on payg‘ambarlarni bir-
biridan ajratish oson: payg‘ambarlik da’vosini qilgan odam mening nomimdan aytganlari
amalga oshmasa, u o‘zini ulug‘lashni ko‘zlagan yolg‘onchidir", deyiladi. Yahudiylar bu
bashorat
Muso alayhis-salomning o‘rinbosari Yusha ibn Nun haqida aytilgan deyishadi.
Vaholanki, ular Iso alayhis-salom davrida u kishidan boshqa payg‘ambar kelishini
kutishar, shu bois yuvingan* Yuhanno (Yahyo)ga odam yuborib: "Sen Ilyomi?" — deb
so‘rashganda, u kishi: "Yo‘q", deganlar. "Sen Isomi?" — deb qiziqsinishganda ham yo‘q
deganlar. "Sen payg‘ambarmi?" deb qisti-bastiga olishganda ham rad javobini berganlar.
Ular ajablanib: "Ilyo bo‘lmasang, Iso bo‘lmasang, payg‘ambar ham bo‘lmasang, nega
yuvinding?" deb so‘rashgan. Bundan shu narsa oydinlashadiki, Tavrotda Ilyo, Muso va
Iso davrigacha hali dunyoga kelmagan payg'ambar haqida bashorat berilgan. Bu
muqaddas kitobda Muhammad alayhis-salomning Muso payg‘ambarga o‘xshashligi
aytiladi. Tavrotning 5-porasida: "Bani Isroilda Musoga o‘xshash payg‘ambar dunyoga
kelgani yo‘q", deyiladi hamda Ollohga tuhmat qiluvchi payg‘ambar o‘ldirilajagi
ta’kidlanadi. Bu kalom Qur’onning Hoqqa surasidagi: "Agar u bizning nomimizni sotib
uydirmachilik qilsa, uni albatta qahrimizga olardik, keyin shaksiz katta qizil tomirini uzib
tashlardik", degan 44-46-oyatlariga uyg‘un. Muhammad alayhis-salom yigirma uch yil
mobaynida mushrik va yahudiylardan iborat ashaddiy dushmanlari orasida yashab,
ularni islom diniga da’vat qildilar, shunday qaltis vaziyatda Olloh u kishini
dushmanlarning suiqasdlaridan omon saqladi. Hamma narsaga qodir Olloh
payg‘ambarga bo‘hton yog‘dirgan odamning ta’zirini berib qo‘yolmaydimi? Haq taolo
Qur’ondagi Sho‘ro surasining 24-oyatida: "Ular: u (ya’ni payg‘ambar) Xudoning nomidan
yolg‘onni do‘ndirdi, deyishadi. Olloh istasa, qalbingni muhrlab qo‘yardi. U botilni yo‘qqa
chiqaradi, o‘z kalomi orqali haqni yuzaga chiqaradi. Olloh ko‘ngildagi narsalarni ham
bilguvchidir", deydi. Bu bashorat payg‘ambarimizniig kelajakda yuz beradigan ishlar
haqidagi aytgan fikrlari rostligini tasdiqlaydi. Sarvari olam ko‘p narsalar haqida oldindan
bashorat qilganlar. U kishining aytganlari aynan yuz bergan, hatto boshqalar tasavvur
ham qilolmaydigan voqea-hodisalarni ham oldindan ko‘ra bilganlar. Masalan, rumliklar
forslar tomonidan halokatga uchrab poytaxti Konstantinopol qo‘ldan ketay deb turgan bir
paytda, rasululloh rumliklarning kelajakda dushmandan g‘olib kelib, o‘z yerlarini qaytarib
olajagini bashorat qilganlar. Bu xabar sarvari olamga Olloh tomonidan vahiy qilingan.
Payg‘ambarning aytganlariga shubhalangan quraysh mushriklari Abubakir Siddiq bilan
o‘rtaga mol tikib bahs boylashgan (Keyinchalik bahs boylashish qimorning bir turi
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |