www.ziyouz.com kutubxonasi
8
pastakkina devor tiklandi va Ka’ba shu yerdan boshlanajagini bildiruvchi belgi qo‘yildi.
Binoning balandligi o‘n sakkiz gaz bo‘lib, ilgarigisidan to‘qqiz gaz baland edi. Ichkariga
maxsus zinapoyalardan ko‘tarilib, salobatli eshiklardan kirilar edi. Hojarul asvad joyiga
qo‘yiladigan paytda bu sharafli ishni kim bajarishi qattiq bahsu munozaraga sabab bo‘ldi.
Qiziqqon quraysh oqsoqollari san-manga borishdi, birov-birovga yon bergisi kelmas, shu
bahona har kim o‘z nufuzi va nasl-nasabini ulug‘lashga intilardi. Talashib-tortishish to‘rt
kunga cho‘zildi. Nihoyat Xolid ibn Validning amakisi Abu Umayya ibn Mug‘ira Maxzumi
janjallashayotganlarga' "Ey xaloyiq, bekorga tortishavergandan ko‘ra o‘zinglar yaxshi
ko‘radigan bir odamni tanlanglar. Shu odam qanday hukm chiqarsa, hammamiz rozi
bo‘laylik", dedi. Yig‘ilganlar eshikdan kirgan birinchi kishining hukmiga itoat etishga
rozilik berishdi. Eshikdan birinchi bo‘lib rostgo‘yligi va aminligi bilan hammaning hurmat-
e’tiborini qozongan Muhammad alayhis-salom kirib keldilar. Yig‘ilganlar mamnuniyat
bilan biz Muhammadning xolisligiga ishonamiz, deb yuborishdi.
Quraysh odamlari orasida biron janjal, kelishmovchilik yuz bersa, rasulullohning
oldilariga kelishar, u kishi esa hech kimni yuz-xotir qilmay, hech kimning dilini og‘ritmay
odil hukm chiqarar edilar. Hozirgi vaziyatda ham payg‘ambar alayhissalom g‘oyat
tadbirkorlik bilan ish tutdilar; choponlarini yerga yoyib, ustiga hojarul asvadni qo‘ydilar-
da, har bir qabila oqsoqoliga choponning chekka-chekkasidan ushlab, barobar ko‘tarishni
buyurdilar. Qancha bahsu munozaraga sabab bo‘lgan tosh o‘z o‘rniga qo‘yildi, bironta
qabila boshlig‘ining ko‘ngli qolmadi, sharafli ishda barobar ishtirok etganidan
hammaning boshi osmonga yetdi. Bunday voqealar tufayli ko‘pincha arablarda qonli
urushlar kelib chiqar, arzimas narsalar sabab bo‘lib, o‘nlab odamning yostig‘i qurir edi.
Quraysh ahlining o‘zaro muttasil qirpichoq bo‘lishining sababi, Baytulloh ularning
qiblagohi, haj qiladigan ka’basi bo‘lib, bu muqaddas dargohga sarf etilgan mol-dunyo,
mehnat tufayli katta imtiyoz va shon-sharafga erishish mumkin edi.
Qur’oni Karimda uqtirilishicha, yer yuzida dastlab qurilgan ibodatxona Baytulloh edi.
"Odamlarga (ibodat qilishlari uchun) dasavval barpo etilgan, olamlarni hidoyat qilguvchi
uy chindan ham Makkadagi muborak Ka’badir. Ka’bada buning aniq nishonalari bor,
maqomi Ibrohim* ana shulardan biri. Ka’baga kirgan kishi buiga ishonch hosil qiladi",
deyiladi Oli Imron surasining 96-97 oyatlarida. Ka’baga ismoil avlodidan keyin jurhum
qabilasi egalik qildi. Ular Makkaga kelgan kishilarga zulm o‘tkazishganda huzoa
qabilasidagilar birlashib zo‘ravonlarni muqaddas dargohdan quvib chiqarishdi va uzoq
yillargacha Ka’baga ular ega bo‘ldilar. Qusay ibn Kilob zamoniga kelib ziyoratgoh
qurayshlarning qo‘liga o‘tdi. Makkada osoyishtalik o‘rnatildi, qurayshlardan boshqa arab
qabilalari hayiqishardi. G’animlar ta’qibga uchraganlar uchun Ka’ba ishonchli
boshpanaga aylandi. Olloh Qur'onda ularga bergan ne’matini eslatib: "Ularning yon-
beridagi kishilar talon-tarojga uchrashyapti, Makkani, Ka’bani tinch joy qilib
qo‘yganimizni bilishmadimikin" deydi Ankabut surasining 67-oyatida.
____________
*Maqomi Ibrohim — Ibrohim alayhis-salom Ka’bani qurayotganlarida turgan joylari.
Do'stlaringiz bilan baham: |