www.ziyouz.com kutubxonasi
22
muddaosini aytadi. Rasululloh uni boshlab Abu Jahlnikiga boradilar. Darvozani
taqillatishganida ichkaridan: "Kim?" — degan ovoz eshitiladi. Rasululloh: "Bu men,
Muhammadman", deydilar. Abu Jahl rangi o‘chgan holda bo‘shashib chiqadi. Rasululloh:
"Manavi odamning haqqini ber", deydilar. Abu Jahl churq etmay pulni sanab beradi. Ishi
osongina bitganidan tuyakashning og'zi qulog‘iga yetadi. Tomoshatalablar esa hayron
bo‘lishib, Abu Jahlning oldiga kelishadi. "Muhammadning ovozini eshitganimdayoq
tepamda bahaybat bir bug‘ro tuya paydo bo‘ldi. Bunaqa qo‘rqinchli hayvonni sira
ko‘rmaganman. O'takam yorilib ketishiga sal qoldi", deya shikoyat qildi.
O’z amakilari Abulahab ibn Abdulmuttolib ham rasulullohga ko‘p ozor berib, masxara
qilguvchilardan biri edi. Devor-darmiyon qo‘shni bo‘lgan Abulahab jiyanining eshigi
oldiga najosatlarni keltirib tashlardi, xotini Ummu Jamila ham eridan qolishmas, bekor
turmay rasulullohni haqoratlar, tinmay g‘iybat qilar, axlatu najosatlarni topib kelishda
eriga ko‘maklashardi. Ular haqida Tabbat surasi nozil bo‘lgach, battar quturib ketishdi.
Rasulullohning ikkinchi qo‘shnisi Uqba ibn Abumuayt ham har qadamda yomonlik qilib
ig‘vo tarqatib lazzatlanar, marazlikda. Abdulahabdan qolishmas, qilmishi yovuzlik edi. Bir
kuni u quraysh oqsoqollariga qo‘shib, rasulullohni mehmonga chaqirdi. Payg‘ambar
alayhis-salom: "Xudo haqqi, imonga kelib, kalima keltirmaguningcha ovqatingni
yemayman", deya shart qo‘ydilar. Uqba naridan-beri kalimai shahodatni aytdi. Bu xabar
shu zahoti Uqbaning do‘sti Ubay ibn Xalafga yetib bordi. U Uqbadan: "Bir g‘alati xabar
eshitdim, shu gap rostmi?" — deb so‘radi. Uqba: "E, bo‘lmagan gap, uyimga bir
mo‘tabar odam kelib, imonga kelmasang, ovqatingni yemayman, deb turib oddi. U
mening xonadonimdan tuz totmay chiqib ketishidan ko‘nglim g‘ash bo‘lib, kalima
keltirgan bo‘ldim. Aslida niyatim boshqaligini yaxshi bilansan-ku", dedi. "Muhammadni
oyog‘ing ostiga olib, yuziga tuflab, ko‘ziga qo‘lingni tiqib olmaguningcha sening yuzingga
qarash menga harom", dedi Ubay. Uqba uning shartini bajo keltirdi. Olloh Furqon
surasining 27-29-oyatlarida Uqba haqida shunday deydi: "U kuni zolim kishi (Uqba) ikki
qo‘lini tishlab: payg‘ambar bilan bir yo‘lni tanlagan, falonchini do‘st tutmagan bo‘lsam
koshki edi. Qur’on kelgandan keyin u (shayton) meni yo‘ldan urdi, deydi. Shayton
insonni (yo‘ldan urgach) tashlab ketadi".
Uqbaning rasulullohga qilgan eng yomon muomalasidan yana biri "Sahihul Buxoriy"da
bayon etilgan. Kunlarning birida payg‘ambar alayhis-salom namoz o‘qiyotganlarida Uqba
orqadan kelib u kishining bo‘yniga choponini tashlab, bo‘ga boshladi. Tasodifan kelib
qolgan hazrat Abu Bakr rasulullohni ajratib oldi-da, Mo‘minlar surasining "Robbing Olloh"
degan va "robbingiz tomonidan sizlarga mo‘jizalar olib kelgan kishini o‘ldirasizlarmi",
degan oyatini aytib, mushrikni koyidi. Rasulullohga o‘chakishib ozor yetkazadiganlardan
yana biri Amr ibn Osning otasi Os ibn Voil edi. U doim: "Muhammad o‘lganidan keyin
tirilasizlar deb (sahobalarni) aldayapti. Xudo haqqi, biz faqat vaqt o‘tishi bilangina
o‘lamiz", derdi. Olloh Osning gapiga raddiya berib Josiya surasining 24-oyatini nozil
qildi: "Ular hayot deganlari faqat bu dunyoda ko‘rgan-kechirganimiz, tug‘ilamiz va
umrguzaronlik qilamiz, faqat vaqt o‘tishi bilangina yo‘q bo‘lamiz, deyishadi. Bu haqda
ular hech qanday ma’lumotga ega emas, qiyos bilangina shunday deyishadi".
Xabbob ibn Aratt degan sahobaning Osda puli bor edi. U haqini talab qilganda Os:
"Sen islom diniga kirgansan, Muhammad jannatda oltin-kumush, kiyim-kechak,
xizmatkorlar muhayyo bo‘ladi, deydi. To‘g‘rimi?" deb so‘raydi. Xabbob uning gapini
tasdiqlaydi. "Sen jannatga kirguningcha mening mol-mulkim, bola-chaqam ko‘payadi,
o‘shanda qarzingni qaytaraman", deydi Os surbetlik bilan. Olloh Maryam surasining 77-
80-oyatlarida bunday deydi: "Bizning oyatlarimizni inkor etgan, menga mol-dunyo, bola-
chaqa beriladi, degan odamni ko‘rdingmi? U gaybni bilarmidi yoki Olloh bilan ahdu
paymon qilishganmi? Sira unday emas, uning aytganlarini yozib qo‘yamiz, unga
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |