PODSHOLARGA YO’LLANGAN MAKTUBLAR
Musulmonlar Hudaybiyadan hijratning oltinchi yili tugashiga yaqin qaytib kelishdi.
Yo‘llar qurayshlardan amin bo‘ldi. Shundan keyin payg‘ambar alayhis-salom turli iqlim
podsholariga maktub yozib, elchilar yubordilar. Maktublarga bosish uchun kumushdan
muhr yasatilib, unga "Muhammadun rasululloh" degan so‘zlar zarb etildi. Rum podshosi
Qaysarga Dihyatul Kalbi degan kishi orqali maktub jo‘natilib, nomani Busro hokimi orqali
topshirish tayinlandi. Maktub quyidagicha mazmunda edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |