www.ziyouz.com kutubxonasi
101
g‘alabasidan ko‘ra kattaroq g‘alaba bo‘lgan emas", degan edilar. Muhammad alayhis-
salom bilan parvardigori olam o‘rtasidagi aloqalardan bexabar odamlar shoshma-
shosharlik qilishadi, Olloh taolo esa shoshilmay, har bir ishni tadbir bilan o‘z xohish-
irodasiga binoan amalga oshiradi. Payg‘ambar alayhis-salom Hudaybiyadan
qaytganlarida Fath surasi nozil bo‘ldi. Bu sura: "Biz senga ravshan bir g‘alabani ato
etdik", degan bir oyat bilan boshlanadi. Hudaybiya g‘azoti ravshan g‘alaba deb atalishi
Abu Bakr Siddiqning fikrini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |