www.ziyouz.com kutubxonasi
100
payg‘ambar alayhis-salom rafiqalari Ummu Salamaning huzuriga kirib, sahobalar gapini
yerda qoldirishganiii aytdilar. Ummu Salama: "Shartlari juda ham og‘ir sulhga rozilik
berdingiz, Makkaga kirmay, Baytullohni tavof qilmay qaytish musulmonlar uchun katta
musibat, ularni to‘g‘ri tushunib, afv eting. Yaxshisi, oldin o‘zingiz ehromdan chiqing",
dedi.
Payg‘ambar alayhis-salom qurbonlik qilib, sochlarini oldirdilar. Sahobalar ham u
kishining amriga itoat etdilar. Shundan keyingina musulmonlar Madinaga qaytishdi. Ikki
raqib tomon bir-biridan amin bo‘ldilar. Oradan ko‘p o‘tmay Uqba ibn Abu Muaytning qizi,
Usmonning ona bir hamshirasi Ummu Gulsum Madinaga qochib keldi. Mushriklar uni
qaytarib berishni talab qilishganda Ummu Gulsum: "Ey rasululloh, men ayol kishiman,
agar ularga qaytarib bersang meni dindan chiqarishadi", dedi.
Shu asnoda bu masalani oydinlashtiradigan Mumtahina surasining 10-oyati nozil
bo‘ldi: "Ey mo‘minlar, agar mo‘mina ayollar hijrat qilib kelishsa ularni sinab ko‘ringlar.
Ularning imoni Ollohga yaxshi ayondur. Agar ularning mo‘minaligini bilsanglar, kofirlarga
qaytarib, bermanglar. Ular kofirlarga halol emas, kofirlar ham ularga halol emas. Kofir
erlari ularga bergan mahrlarini qaytarib beringlar. Erlariga mahrlarini qaytarib bergach,
ularni nikohingizga olsangiz gunohkor bo‘lmaysiz. Kofir ayollarni amringizda saqlamang,
ularga bergan mahrlaringizni talab qiling, kofirlar ham (hijrat qilib kelgan asllardan)
mahrlarini talab qilsin. Ollohning hukmi ana shunday. Olloh odillik bilan hukm chiqaradi.
Olloh hamma narsani bilguvchi, hikmat bilan ish qilguvchidir. Muslima ayollar boshqa
yurtlarni ko‘rishga ishtiyoqmandligidan yoki musulmon erga turmushga chiqish istagi
borligi uchun emas, balki Ollohning roziligini istab, payg‘ambarni do‘st tutgani uchun
hijrat qilgan bo‘lsa, mushriklarga qaytarilmay uning eriga mahrigina berilardi xolos.
Shundan keyin biron musulmon uni bemalol nikohiga olishi mumkin. Mazkur oyatdan
musulmon bo‘lmagan ayolga uylanish haromligi va unga berilgan mahrni qaytib olib,
o‘zini oilasiga jo‘natib yuborish kerakligi oydinlashadi.
Abu Basir Utba ibn Usayd Saqafiy musulmon bo‘lib, payg‘ambar alayhis-salomning
yenlariga qochib keldi. Qurayshlar orqasidan ikki kishini jo‘natib, uni talab qilishdi,
rasululloh Abu Basirga qaytib ketishni buyurdilar. "Ey rasululloh, Olloh meni kofirlardan
qutqarsa-yu, sen dindan chiqaradiganlarga qaytarib bermoqchimisan? dedi Abu Basir
ranjib. "Olloh sen bilan urug‘-aymog‘ingga najot yo‘lini ko‘rsatadi", dedilar rasululloh.
Abu Basir noiloj qurayshlarning oldiga tushib Makkaga yo‘l oldi. Zulhulayfa degan joyga
stganda Abu Basir soqchilardan birini o‘ldirdi, ikkinchisi esa qochib ketdi. Abu Basir yana
Madinaga qaytdi-da: "Ey rasullulloh, aytganing bo‘ldi, men dushman ta’qibidan
qutuldim", dedi. "Endi istagan joyga ketaverishing mumkin, Madinada turma, dedilar
rasululloh. Abu Basir qurayshning karvoni Shomga o‘tadigan yo‘l ustida makon tutib
yotdi.
Makkadan qochib kelgan musulmonlar uning yoniga jam bo‘laverdi, sahroyi
arablardan ham bir guruhi ularga qo‘shildi. Abu Jandal ibn Suhayl ham kelib qo‘shildi.
Keyin qurayshning savdo karvoni o‘tadigan yo‘lni to‘sib olishdi. Bundan qattiq tashvishga
tushgan mushriklar sulhnomaning ikkinchi bandini bekor qilib, qochib borgan
musulmonlarga o‘z yonidan joy berishni rasulullohdan o‘tinishdi. Payg‘ambar alayhis-
salom ularning bu taklifiga rozilik berdilar, shu bilan Hudaybiyada Abu Jandal
mushriklarga qaytarilganda musulmonlar boshiga tushgan tashvish aridi. Bu voqea
sahobalarga saboq bo‘ldi, ular payg‘ambar alayhis-salom boshqalarga nisbatan uzoqni
ko‘rib, ko‘pchilikning faqatgina hozirgi emas, balki kelgusidagi g‘amini yeb ish
tutajaklariga ishonch hosil qilishdi.
Musulmonlar bilan kofirlarning bir-birlariga aralashib yurishi natijasida Islom dinining
ta’sir doirasi kengaydi. Hatto hazrati Abu Bakr Siddiq: "Islom tarixida Hudaybiya
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |