www.ziyouz.com kutubxonasi
72
"Hech bir ishning inon-ixtiyori sening izmingda emas, Olloh yo ularning tavbasini qabul
qiladi, yo zolim bo‘lgani uchun azobga giriftor etadi.
Rasululloh o‘ldiga chiqarilganlaridan keyin u kishini birinchilar qatori ko‘rgan Ka’b ibn
Molik Ansoriy quvonganidan: "Musulmonlar, xushxabar!" deya qichqirib yubordi.
Rasululloh unga jim bo‘lishni amr etib, Sa’d ibn Abu Vaqqos bilan Sa’d ibn Ubodaning
hamrohligida safdagi o‘z joylarini egallashga yurdilar. U kishining yonida Abu Bakr,
Umar, Ali, Talha, Zubayir, Horiz ibn Sammalar ham bor edi. To‘satdan ularning oldidan
Usmon ibn Abdulloh ibn Mug‘iro chiqib: "Muhammad qani? Hozir yo u o‘ladi, yo men
o‘laman", deya dag‘dag‘a qildi. Kutilmaganda mushrikning oti munkib, o‘zi chuqurga
yumalab tushdi. Horiz ibn Samma vaqtni g‘animat bilib, uni chopib tashladi.
Payg‘ambar alayhis-salom jangovar safda o‘z o‘rinlarini egallaganlaridan keyin Ali suv
quyib turdi, Fotima u kishining jarohatlarini yuvib, malham qo‘ydi. Rasululloh katta tosh
ustiga chiqib, jang maydonini kuzatmoqchi bo‘ldilar, biroq ko‘p qon yo‘qotganlari uchun
xarsangga chiqolmadilar. Talha ibn Ubaydulloh yugurib kelib u kishiga ko‘maklashdi.
Rasululloh tog‘ yonbag‘rini egallagan dushmanlarni ko‘rib: "Ular bizdan yuqorida
turmasligi kerak, — dedilar va Xudoga munojot qildilar, — Ey yaratgan egam, o‘zing
bizga kuch-quvvat ato etgin!" Umar ibn Xattob boshchiligidagi bir guruh musulmonlar
jang qilib g‘animlarni tog‘ tepasidan quvib tushirdilar. Payg‘ambar alayhis-salomni
qo‘riqlayotganlar juda ko‘p jarohatlanishgani uchun birin-ketin safdan chiqa boshlashdi.
Rasulullohni mo‘ljallab otilgan o‘qlarga o‘zini qalqon qilaverib yetmishdan ortiq jarohat
olgan Talha ibn Ubaydullohning bir qo‘li butunlay ishlamay qoldi. Ka’b ibn Molik o‘n etti
yeridan yaralandi. Umuman bu jangda musulmonlardan yetmish kishi shahid bo‘ldi;
ularning oltitasi muhojirlardan, qolgani ansorlardan edi. Shahidlar orasida muhojirlardan
Hamza ibn Abdulmuttalib, Mus’ab ibn Umayir, ansorlardan Hanzala ibn Abu Omir, Amr
ibn Jamuh, uning o‘g‘li Xallod ibn Amr va xotinining akasi bor edi. Amrning ayoli
shahidlarni tuyaga ortib, Madinada dafn etmoqchi bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salom
shahidlarni Uhuddan olib ketishni ta’qiqladilar. Hind noiloj orqaga qaytib ketdi. Shahidlar
orasida Sa’d ibn Robi’ qam bor edi.
Rasululloh izlab topish uchun odam yuborganlarida u uziladigan bo‘lib turgan ekan.
Payg‘ambar alayhis-salomdek zot uni eslab izlatganlarini eilgach, benihoya ta’sirlanib
ketdi. "Qavmimga aytinglar, rasulullohga bergan ahdida qattiq tursin. Xudoning nomi
bilan qasamyod qilamanki, agar va’dasida turishmasa, u dunyoda mening yuzimga
qarasholmaydi", dedi. Shahid bo‘lganlar orasida Anas ibn Molikning amakisi Anas ibn
Nazir ham bor edi. U payg‘ambar alayhis-salomning o‘ldirilgani haqidagi xabarni
eshitgach: "Ey, qavmim, rasulullohdan orqada qolib nima qildik? Birodarlarimiz kabi
dushman bilan olishib o‘laylik!" dedi-da mushriklarning safiga o‘zini urdi va
bahodirlarcha olishib halok bo‘ldi.
Mushriklar bu jangda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan vahshiyliklarni qilishdi. Ular
jasadlarning quloq va burunlarini kesib olishdi, qornini yorib, ichak-chavog‘ini ag‘darib
tashlashdi. Abu Sufyonning xotini Hind Hamzaning qornini yorib jigarini sug‘urib oldi-da,
chaynadi, biroq yutib yuborolmay tuflab tashladi. Qo‘li baland kelganidan g‘ururlangan
Abu Sufyon tog‘ tepasiga chiqib baland ovozda: "Yaxshi urush bo‘ldi, savash bor joyda
yengish, yengilish bo‘lishi turgan gap. Omadimiz chopib Badrdagi o‘chimizni oldik.
Xohlasanglar kelgusi yili Badrda yana uchrashamiz. O’liklarning quloq burni kesib
tashlanibdi, men bunday qilishga buyruq bermaganman, lekin bu ishdan ko‘p xafa
bo‘lganim ham yo‘q", deya jar soldi. Shundan keyin mushriklar Makkaga yo‘l olishdi.
Bu jangda musulmonlar ko‘p talafot ko‘rishgan bo‘lsa-da, yengilmagani oydinlashadi.
Agar yengilishganida mushriklar ularni ta’qib etib, Madinaga bostirib kirar va shaharni
talon-taroj qilishar edi.
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |