www.ziyouz.com kutubxonasi
168
"Olloh nozil qilgan bu Qur’on yaxshi ishlarga undaguvchi, yomon ishlardan
qaytarguvchidir, avvalgi payg‘ambarlarning yo‘li va ibratidir. Qur’onda sizlar haqingizda,
o‘tgan ummatlar to‘g‘risida va kelajakdagi ishlar xususida xabarlar bor, sizlarning
orangizdagi ishlarni hal etguvchi hukmlar bor. Qur’on ko‘p takrorlangani va ko‘p istifoda
etilgani bilan eskirib qolmaydi, Qur’onning mo‘jizalari tugamaydi. Qur’on hazil emas,
haq. Qur’on bilan gapirgan odam to‘g‘ri gapirgan bo‘ladi. Qur’on bilan hukm qilgan odam
odil hukm qilgan bo‘ladi: Qur’onga tayanib urushgan odam zafar quchadi, Qur’onga
binoan hukm chiqargan odam to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘ladi, Qur’onga amal qilgan odam
savob topadi, Qur’onni mahkam ushlagan odam to‘g‘ri yo‘lga yo‘llanadi. Qur’ondan
boshqa narsadan hidoyat kutgan odamni Olloh adashtiradi, Qur’ondan boshqa narsa
bilan hukm chiqargan odamni Olloh halok etadi. Qur’on hikmatlar zikridir, ravshan
nurdir, to‘gri yo‘ldir, Ollohning tiyran rishtasidir, shifobaxsh malhamdir. Qur’onning
hukmini mahkam tutgan odamni u asraydi, unga ergashgan odam najot topadi.
Qur’onda tuzatish lozim bo‘lgan qing‘irlik yo‘q. Qur’on haqiqatdan yiroq ketmaydi, shu
bois ayblashga, ta’na-malomatga uchramaydi".
Payg‘ambar alayhis-salomning mo‘jizalaridan yana biri oyning ikkiga bo‘linishi edi, bu
voqeani yuqorida batafsil bayon etganimiz uchun ortiqcha to‘xtalib o‘tirmaymiz.
Payg‘ambar alayhis-salomning yana bir mo‘jizalari barmoqlari orasidan suv chiqqani
va uning barokati bilan suvning ko‘payganidir. Bu g‘aroyib voqeani Anas, Jobir hamda
ibn Mas’ud kabi ko‘pgina sahobalar rivoyat qilishgan. Anas: "Rasulullohni asr namoziga
ozgina vaqt qolganda uchratdim. Odamlar tahorat olish uchun suv topolmay zir yugurib
yurishardi. Rasululloh tahorat olinadigan bir idishni olib kelib, ichiga qo‘lini tiqqan edi,
barmoqlari orasidan suv qaynab chiha boshladi. Rasululloh tahoratga shu suvdan olishni
buyurdi. Odamlar birin-ketin kelib, idishlarini to‘ldirib ketaverishdi", deya hikoya qiladi.
Undan tahorat olganlarning soni qanchaligi so‘ralganda: "Uch yuzga yaqin odam edi",
deb javob bergan.
Ibn Mas’ud: "Biz rasululloh bilan birga edik, ichishga suvimiz qolmadi. Shunda
rasululloh bor suvni yig‘ib kelishni buyurdi. Biz suvlarni yig‘ib kelganimizda u kishi bir
idishga quyib, qo‘lini tiqqan edi, barmoqlari orasidan suv chiqa boshladi", deb eslaydi.
Jobir: "Xudaybiya g‘azotida odamlar tashnalikdan qattiq qiynalishdi. Rasulullohning
oldida suv to‘la kichkinagina mesh bor edi. Odamlar: Shu meshdagidan boshqa suv
qolmadi, deb zorlanishdi. Rasululloh meshga qo‘lini qo‘ygan edi, barmoqlari orasidan
xuddi buloqdek suv qaynab chiqa boshladi", deya hikoya qiladi. Jobir o‘sha g‘azotda bir
yarim ming odam qatnashganiga guvohlik beradi. Ayni shu voqeani ko‘pgina sahobalar
rivoyat qilishgan. Buncha odam jam bo‘lgan joyda biron kishining yolg‘on to‘qib
chiqarishi mumkin emas, bordiyu yolg‘on aytilgan taqdirda butun vujudiga rostgo‘ylik
singib ketgan sahobalar uni shu zahoti rad etishi muqarrar edi. Bu voqealarni aytganlar
juda ko‘p odamlarni guvoh keltirishadi, nomlari zikr etilgan sahobalar esa ularning
hikoyasini inkor etishmaydi.
Rasulullohning sharofati bilan suv otilib chiqishi, u kishining qo‘l tekkizishlari yoki duo
o‘qishlari bilan suvning ko‘payishi ham mo‘jiza. Muoz ibn Jabal Tabuk gazotida shunga
o‘xshash g‘aroyib voqea yuz berganini hikoya qiladi: "Sahobalar bir joyga kelishsa,
buloqning suvi haddan tashqari oz bo‘lib, toshlar orasida yiltirab turgan ekan. Sahobalar
suvni galma-gal hovuchlab olishgan, to yana suv yig‘ilguncha kutishgan. Rasululloh
buloqda bet-qo‘llarini yuvgan zahoti buloqning ko‘zi ochilib, biqirlab qaynay boshlagan,
odamlar tashnaligi qonguncha ichishgan, ulovlarini sug‘orishgan. Ibn Ishoq guvohlik
bsrishicha, suvdan xuddi chaqmoq chaqqandek qarsillagan ovoz chiqib turgan.
Rasululloh: "Ey Muoz, Xudo umr bersa, bu yerlarning bog‘-bustonga aylanganini
ko‘rasan", deb bashorat qilganlar. Bu xususda Tabuk g‘azoti bobida batafsil to‘htaldik.
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |