www.ziyouz.com kutubxonasi
165
bilishar va mohirona qo‘llashar, har qanday ishda so‘z san’ati namoyon bo‘lar, nasr va
nazm usullari barobar istifoda etilardi. Mana shunday imkonga ega bo‘la turib ular Olloh
tomonidan nozil etilgan va botil narsalar ta’sir qilmaydigan Qur’onga — so‘z san’atining
eng yuksak namunasiga taqobil turishga ojizlik qilishdi. Qur’onning oyatlari puxta,
so‘zlari keskin bo‘lib, badiyati aqllarni hayratga solar, fasohati barcha so‘z san’atlaridan
ustun edi. Unda so‘z san’atining mukakammalligi va takomili o‘z ifodasini topgan. Olloh
yigirma uch yil mobaynida so‘z san’atining turli sohalarida yuksak yutuqlarga erishgan
arab xalqiga murojaat etib, Yunus surasining 39-oyatida: "Ular Qur’onni o‘zi (ya’ni
Muhammad) to‘qigan deyishdimi? Sen ularga: Ollohdan boshqa chaqirish mumkin
bo‘lgan yordamchilarni chorlab, agar rostgo‘y bo‘lsanglar Qur’onga o‘xshash biror kalima
to‘qib ko‘ringlar, degin". Baqara surasining 23-oyatida: "Agar bandamizga nozil qilgan
Qur’onga shak keltirsanglar, chindan ham rostgo‘y bo‘lsanglar, Ollohdan boshqa
yordamchilaringizni chaqirib, Qur’onga o‘xshash biror so‘zni to‘qib ko‘ring-chi", Isro
suraeining 88-oyatida: "Insonlar, jinlar iig‘ilib, bir-biriga yordamlashsa-da, Qur’onga
o‘xshash (kitob) yaratisholmaydi", Hud surasining 1-oyatida esa: "Qur’ondagidek
tuzilgan o‘ntagina surani keltirib ko‘ring-chi, degin", deydi.
Qur’on bu kimsalarni qattiq ayblardi, ularning aqlsizligini, mavqelarining nochorligini
aytib malomat yog‘dirardi, butlarini, mushrik ota-bobolarini koyib, ularga tegishli yer-
suvni, shahar-qishloqlarii, mol-mulklarni musodara qilishni durust hisoblardi. Shunda
qam ular Qur’on bilan yuzma-yuz kelib, bahslashyshdan o‘zlarini olib qochar, unga teng
keladigan kitob yaratishdan ojiz edilar. Lekin ular Qur’onni mensimay, har xil ig‘volar
tarqatib, unga qarshi turishar va shu bilan o‘zlarini o‘zlari aldardilar. Ular: "Qur’on
o‘qilganda qattiq ta’sir ko‘rsatadigan sehr-jodudan iborat bir kitob, qadimgilardan qolgan
cho‘nchaklar to‘plami", deyishardi. Qur’on mo‘jizalaridan butuilay gangib qolgan bu
kimsalar ochiqdan-ochiq: "Bizning dillarimiz pardalangan, hech narsa em bo‘lmaydi,
quloqlarimiz tom bitgan, sen bilan bizning o‘rtamizda to‘siq bor", (Fussilat surasi, 5-
oyat.) "Quronga quloq solmaslik ksrak, uni o‘qistganda chalg‘itib yuborish kerak",
(Fussilat surasi, 41-oyat.) deyishdan uyalishmasdi. Ular ojizu notavonligini tan olmay:
"Agar istasak Qur’onga o‘xshagan cho‘pchaklarni biz ham to‘qiy olamiz", (Anfol surasi,
8-oyat.) deya katta kstishardi. Olloh taolo ularga javoban: "Qur’ondagidek gaplarni sira
ham tuza olmaysizlar", (Baqara surasi, 24-oyat.) deydi. Chindan ham Qur’onga
o‘xshagan mo‘jizani barpo etishga hech kim qodir emas.
Musaylimadek ayrim nodonlar bunga urinib ko‘rgan bo‘lishsa-da, alaloqibat
sharmandasi chiqdi. Olloh taolo ularni Qur’onga taarruz qila oladigan quvvatdan mahrum
etdi. Ular Qur’onning uslubi o‘zlarining gapirish uslublariga o‘xshamasligini, bu
favqulodda ilohiy mo‘jiza ekanini bila turib, rad etishdi. Qur’oni Karimdagi Baqara
surasining 179-oyatida: "Qasos olinsa, sizlar tirik qolasizlar" (qotib o‘ldirilsa, qon
to‘kishga jur’at etadigan zolimlar qolmaydi, boshqalar bexavotir yashaydi manosida),
Sa’ba surasining 51-oyatida: "Ularni vahm bosgan, ular qochgani joy topolmay
(yurishganini) ko‘rasan, ular do‘zaxga yaqin joyda ushlanadi", Fussilat surasining 34-
oyatida: "Yomonlikka yaxshilik bilan taqobil turgin, shunday qilsang senga adovati bor
odam do‘stingga aylanadi", Xud surasining 44-oyatida: "Zaminga suvingni yut!
Osmonga suvingni to‘xtat!” deyildi. Suv tortildi, Ollohning hukmi ijro etildi. Kema Judi
tog‘ining ustida to‘xtadi. Zulm qilgan qavm halok bo‘lsin deyildi", Ankabut surasining 40-
oyatida: "Har bir qavmni uning qilgan gunohi tufayli halok etdik. Ba’zisiga tosh
yog‘dirdik, ba’zisini qattiq ovoz bilan halok qildik, ba’zisini yerga yuttirdik, ba’zisini suvga
g‘arq etdik; Olloh ularga zulm qilmadi, (aksincha) ular o‘zlariga o‘zlari zulm o‘tkazishdi",
kabi oyatlarning, umuman, Qur’ondagi boshqa ko‘pgina kalomlarning ustida fikr
yuritsak, Quronning haqiqat ekanini, jumlalari qisqa, ma’nosi esa teranligini, gaplarining
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |