www.ziyouz.com kutubxonasi
163
martabam ularnikidan pastroq bo‘lib qolishidan qo‘rqaman. Men uchun payg‘ambar
qarindoshlarim bilan birga bo‘lishdan ortiq baxt yo‘q, derdi", deya hikoya qiladi. Hazrati
Oishaning guvohlik berishicha, payg‘ambar alayhis-salom mana shu so‘zlarni
aytganlaridan keyin oradan bir necha oy o‘tgach, vafot etganlar.
Rasulullohning Ollohdan qo‘rqishlari va toat-ibodatlari u kishining ilmiga yarasha edi,
Shu bois sarvari olam: "Men bilgan narsalarni bilsanglar kamroq kulib, ko‘proq
yig’lardinglar. Sizlar ko‘rmagan narsalar menga ayon, sizlar eshitmaydigan narsalar
menga ma’lum. Osmon ohlar uradi, uning faryod chekmog‘i joiz (sababi)osmonda har
to‘rt enlik joyda bir farishta Ollohga sajda qilib turadi: Xudo haqqi, men bilganlarimdan
xabardor bo‘lsanglar, shubhasiz oz kulib, ko‘p yig‘lar edinglar. To‘shaklaringizda
ayollaringiz bilan lazzatlanmas edinglar, Ollohga iltijo aylab, qir-adirlarga chiqib
ketardinglar. Koshki edi, men kesib tashlanadigan daraxt bo‘la qolsam", deya nido
qilganlar payg‘ambar alayhis-salom. Ko‘p namoz o‘qiyverganlaridan rasulullohning
oyoqlari shishib ketganini ko‘rgan ba’zi birovlar: "Olloh sening hamma gunohlaringni
mag‘firat qilgan bo‘lsa, shunchalik azob chekib o‘zingni qiynaysanmi?" deyishganda, u
zoti muborak: "Men shukr qilguvchi bandalardan emasmanmi?" deya javob berganlar.
Hazrati Oisha: "Payg'ambar alayhis-salomning ibodati tinimsiz yog‘ib turadigan
yomg‘irga o‘xshardi. Qaysi biringizning rasulullohdek bunga toqatingiz yetadi? U kishi
ro‘za tutganda og‘iz ochmasmikin, deb o‘ylardik, ogiz ochganda ro‘za tutmasmikin,
degan xayolga borardik", deya xotirlaydi.
Avf ibn Molik: "Rasululloh bilan bir kecha birga bo‘lgandim. U kishi misvok bilan tishini
yuvdi: keiin tahorat qilib, namozga turdi. Men ham u kishiga ergashdim. Rasululloh
Baqara surasini o‘qiy boshladi, Ollohning rahmatiga oid oyatlarni o‘qiganda to‘xtab,
parvardigorning rahmatini tilardi, Ollohning azobiga oid oyatlarni o‘qiganda esa to‘xtab,
yaratganning azobidan panoh so‘rardi. Shundan keyin ruku qilar va qiyomda qancha
turgan bo‘lsa, rukuda ham shuncha turardi. Rukuda: "Qudratning, saltanatning va
buyuklikning sohibi bo‘lmish Olloh pokdir", der va undan keyingina sajdaga borardi.
Sajdada ham rukuda aytganlarini takrorlar, so‘ngra Oli Imron surasini o‘qir, keyin
keladigan suralarni qo‘shimcha qilardi va namozni yana avvalgi tartibda davom
ettirardi", deya hikoya qilardi.
Boshqa bir sahoba: "Rasulullohnikiga kelsam, namoz o‘qiyotgan ekan, qorinlaridan
xuddi shaqirlab qaynayotgan qozondek ovoz chiqardi", deydi. Ibn Abu Hola rasulullohni
hamisha g‘amgin, o‘ychan, halovat nimaligini bilmasdi, deb ta’riflaydi. Hazrati Ali: "Men
rasulullohdan u kishining sunnatini so‘raganimda: "Ma’rifat — hamyonim, aql—dinimning
asosi, Ollohni do‘st tutish - tayanchi nuqtam, Ollohga bo‘lgan ishtiyoqim — ulovim,
Ollohning zikri — ulfatim, Ollohga bo‘lgan ishonchim — xazinam, g‘am-qayg‘u —
hamrohim, ilm — qurolim, sabr — choponim, Ollohning qismatiga rozi bo‘lish —
g‘animatim, ojizlik — faxrim, ta’masizlik — hunarim, imon — quvvatim, rostgo‘ylik —
shafoatim, toat-ibodat — qanoatim, jihod — axloqim, namoz — quvonchim, Ollohning
zikri — qalbimning mevasi; tashvishim ummatimdan, ishtiyoqim robbimga", deb javob
bsrgan", deya ta’riflaydi.
Olloh rasulullohni ummatidan xayriyatlarga erishtirsin! Qiyomat kuni Ollohning
roziligiga, Rasulullohning shafoatiga erishish uchun payg‘ambar alayhis-salomning
betakror, go‘zal axloqlarini, benazir xizmatlarini mulohaza qilib, u zoti muborakka
ergashgan va u kishining yo‘lini mahkam ushlagan bandaga Olloh rahmat qilsin! Ey
mehribon parvardigor, marhamatingni darig‘ tutmay bizni yaxshi ishlarga muvaffaq
aylagaysan!
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |