www.ziyouz.com kutubxonasi
160
bordi-keldi qilardilar, dardlashib ko‘ngillarining chigilini yozardilar, ularning bolalarini
erkalatardilar, o‘z hujralariga taklif etardilar, xoh hur odam, xoh qul, xoh kanizak, xoh
g‘arib-bechora bo‘lsin, chaqirgan odamning taklifini rad etmay, albatta borardilar.
Madinaning narigi chekkasidagi kasallarni ham borib ko‘rardilar, uzr aytuvchilarning
uzrini qabul qilardilar. Anas aytadi: "Biron kishi rasulullohning qulog‘iga shivirlasa, uning
gapi tugamaguncha boshlarini olib qochmasdilar, ko‘rishganda to boshqalar qo‘lini qo‘yib
yubormaguncha qo‘llarini tortib olmasdilar, uchraganlarga oldin salom berardilar,
sahobalarga avval qo‘l uzatardilar, birovlarni qiynab qo‘ymaslik uchun sahobalarning
oldida oyoqlarini uzatib o‘tirmasdilar, huzurlariga kirgan odamni izzat-ikrom bilan kutib
olardilar, ularning tagiga to‘shak yoki to‘nlarini solardilar, ko‘nmaganiga qo‘ymay
mehmonni to‘rga chiqarardilar, sahobalarni ism-sharifi bilan to‘liq atardilar, ularni
hurmatlab eng yaxshi ko‘radigan ismlari bilan murojaat qilardilar, gapiraetgan odam kim
bo‘lishidan qat’i nazar gapini bo‘lmasdilar, Qur’on oyatlari nozil bo‘layotgan yoki o‘zlari
va’z aytayotganlarida ko‘ngillari yayrab, tabassum bilan chehralari ochilib yurardilar.
Payg‘ambar alayhis-salom odamlarga mehribon, marhamatli edilar. Olloh taolo
Qur’oni Karimdagi Tavba surasining 128-oyatida rasulullohni sifatlab: "Sizlarning
boshingizga musibat tushsa, u bundan eziladi, u sizlarni yaxshi ko‘radi, mo‘minlarga
mehribon, marhamatlidir" desa, Anbiyo surasining 109-oyatida: "Biz seni butun olamga
rahmat qilib yubordik", deydi.
Rivoyat qilinishicha, bir arobiy rasulullohdan narsa so‘rab kelgan. "Payg‘ambar
alayhis-salom unga so‘raganini berib: "Rozi bo‘ldingmi?" deb so‘raganlarida arobiy:
"Yo‘q, meni rozi qilolmading", deya javob qaytargan. Sahobalar jahli chiqib o‘rinlaridan
turib ketishgan. Rasululloh ularni qo‘l ishorasi bilan qaytarib, arobiyni uylariga olib
ketganlar va talay narsa berib: "Endi rozimisan?" deb so‘raganlar. Arobiy: "Ha, endi rozi
bo‘ldim, Olloh senga oilangdan, xesh-aqrabolaringdan yaxshilik qaytarsin", degan.
Rasululloh: "Agar shu gapingni sahobalarning oldida aytganingda ko‘ngillari erishardi,
boyagi muomaladan keyin ularning dili g‘ash bo‘lib qoldi", dedilar. Arobiy u kishining
gapiga binoan ertasiga keladi. Rasululloh sahobalarga: "Bu kecha sizlarni xafa qilgan
gapni aytgan arobiy so‘ragan narsalarini berganimdan keyin rozi bo‘ldi. Rostmi?" dedilar.
Arobiy: "Rost. Olloh senga oilangdan va xesh-aqrabolaringdan yaxshilik qaytarsin!" deya
kechagi gapni takrorlaydi. Rasululloh sahobalarga: "Ikkalamizning o‘rtamizdagi gap
tuyasi qochib ketgan odamning ishiga o‘xshaydi. Bir odamning tuyasi qochib ketibdi,
odamlar uni quvlagan sari tezroq yuguribdi. Tuyaning egasi: "Bo‘ldi, aralashmanglar
o‘zimning tuyamni o‘zim tutib olaman", debdi. Ozgina o‘t yulib, tuyani ushlabdi, yuklarini
ortib darrov minib olibdi. Agar men arobiyni kechagi gapi uchun qo‘yib berganimda sizlar
uni o‘ldirib qo‘yardinglar, u do‘zaxga kirar edi". Rasululloh aytadi: "Sahobalarim haqida
menga ig‘vogarlik qilmanglar. Men sizlarning huzuringizga ko‘nglim yorishib chiqishni
istayman".
Rasululloh namoz o‘qiyotganlarida yosh bolaning yig‘isini eshitsalar, ibodatni
qisqartirardilar. Ibn Mas’ud: "Rasululloh bizga malol kelmasin deb va’zni ham qisqaroq
qilardilar", deya xotirlaydi.
Payg‘ambar alayhis-salom vafodor, so‘zining ustidan chiqadigan, silai rahmli zot
edilar. Abdulloh ibn Xamso bunday rivoyat qiladi: "Muhammad alayhis-salom
payg‘ambar bo‘lishidan ilgari u kishidan bir narsa sotib olgandim, menda ozgina pul
qolgandi. Pulni bir joyga olib kelib berishga va’dalashib, esimdan chiqib ketibdi. Uch
kundan keyin kelsam, rasululloh kutib o‘tiribdi. Meni rosa sarg‘aytirding-ku, uch kundan
beri kutib o‘tiribman, dedi".
Biron joydan sovg‘a-salom kelib qolsa, rasululloh bu narsani falonchi xonimga eltib
beringlar, u Xadichaning dugonasi edi, uni juda yaxshi ko‘rardi, der edilar. Payg‘ambar
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |