www.ziyouz.com kutubxonasi
158
gunoh bo‘lmasa; ulardan osonrog’ini tanlar edi. Agar gunoh sanalsa, bu narsalardan
o‘zini yiroq tutardi. U kishi o‘zi uchun o‘ch olmasdi, faqat Ollohning hurmati oyoq osti
qilingandagina Olloh uchun qasos olardi", deydi. Odamlar Uhud jangida payg‘ambar
alayhis-salomning boshlariga juda ko‘p kulfatlar solgan mushriklarni duoibad qilishni
so‘rashganda rasululloh: "Ey Olloh, qavmimni hidoyat qilgin, chunki ular (hech narsani)
bilishmaydi", deya yaratganga yolborganlar.
Payg‘ambar alayhis-salomning nechog‘li muloyim va rahmdil odamligini Makka fath
etilgan kuni u kishining dilini juda qattiq og‘ritgan, masxaralab ustilaridan kulgan,
musulmonlarni yurtidan haydab chiqargan va ularga qarshi urush ochgan, bunga ham
qanoat qilmay boshqa arab qabilalarini to‘plab, rasulullohga qarshi gij-gijlagan quraysh
mushriklarini avfi umumiy qilganlari ro‘y-rost ko‘rsatib turibdi. Rasululloh shu kuni
ulardan: "Meni nima qiladi deb o‘ylayapsizlar?" deb so‘radilar. Mushriklar: "Sen mard
qarindoshimizning mard o‘g‘lisan, bizga albatta yaxshi munosabatda bo‘lasan deb
o‘ylaymiz", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Boringlar, hammangiz ozodsiz!"
dedilar. Anas bunday deydi: "Men rasulullohning yonida turgan edim. U kishining egnida
chetiga dag‘al matodan jiyak tutilgan to‘n bor edi. Arobiylardan biri kelib to‘nning
etagidan qattiq tortgan edi, yoqasi payg‘ambar alayhis-salomning bo‘yinlarini qiyib
yubordi. "Ey Muhammad, yoningdagi Ollohning molidan manavi ikki tuyamga ortib ber,
asakang, ketmaydi. Menga o‘zingning yoki otangning molidan bermaysan", dedi arobiy
surbetlik bilan. Rasululloh biroz sukut saqlab turgach: "Bu Ollohning moli, men Ollohning
bir bandasiman, sening qilmishing uchun o‘ch olaman", dedi. Arobiy: "Yo‘q, o‘ch
olmaysan", dedi. Rasululloh hayron bo‘lib: "Nega o‘ch olmas ekanman?" — deb so‘radi.
Arobiy hozirjavoblik bilan: "Sen yomonlikka yomonlik qilmaysan", dedi. Payg‘ambar
alayhis-salom kulib yubordi va arobiyning bir tuyasiga arpa, ikkinchisiga xurmo ortib
berishni buyurdi".
Oisha raziyallohu anho: "Agar Ollohning hurmati oyoq osti qilinmasa, rasululloh o‘ziga
zulm o‘tkazganlardan noliganini yoki o‘ch olganini sira eslolmayman. Payg‘ambar
alayhis-salom xudo yo‘lida olib borilgan jangdan boshqa joyda biron kimsani
chertmagan; umrida na xizmatkori, na ayolini bir shapaloq urmagan", deb eslaydi. Olloh
taolo rasulullohga rahmat yog‘dirsin! Musulmonlar sunnatlariga ergashib, u kishini rozi
qilishsin!
Saxiylik va mardlik bobida zamondoshlari orasida payg‘ambar alayhis-salomga teng
keladigan odam yo‘q edi. Jobirning aytishicha, birov nima so‘ramasin rasululloh sira yo‘q
degan emas ekanlar. Ibn Abbos: "Yaxshilik uchun rasulullohning qo‘li haddan tashqari
ochiq edi. Ayniqsa ramazon oyida saxiy bo‘lib ketardi. Jabroil bilan uchrashgan kezlari
odamlarga yaxshilik qilish uchun yeldirimdek tez yelib-yugurar edi", deydi. Xadicha
raziyallohu anho rasulullohning sifatlarini bayon etib: "Sen ojizlarning boshini silaysan,
g‘ariblarga yordam berasan", degan. Payg‘ambar alayhis-salomning havozin qabilasi
asirlarini ozod qilish uchun qo‘llagan tadbirlari, dili islom diniga moyil odamlarga juda
ko‘p mol-mulk berganlari u kishining saxovatlariga dalildir. Bu haqda yuqorida batafsil
to‘xtalib o‘tdik.
Kunlarning birida payg‘ambar alayhis-salom qo‘llariga tushgan to‘qson ming dinorni
bo‘yra ustiga tashlab, oxirgi chaqasigacha sahobalarga bo‘lib berganlar. Bir odam kelib
rasulullohdan narsa so‘raganda u kishi: "Yonimda hech vaqo yo‘q, lekin sening
so‘raganing mening gardanimda qarz bo‘lib tursin, qo‘limga biron nima tushgan zahoti
beraman", deganlar. Umar ibn Xattob: "Olloh seni bajo keltirib bo‘lmaydigan ishga
undagani yo‘q-ku", deganida rasululloh uning gapini xushlamay javobsiz qoldirganlar.
Ansorlardan bir kishi: "Ey rasululloh, beraver, xudo bor, kambag‘al bo‘lib qolishdan
qo‘rqma", deganida sarvari olam kulimsirab: "Men shunday qilishga buyurildim". deya
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |