Yerning tozalanishi
Iflos bo‘lgan yer yuzasi quyosh yoki shamol tasirida Qurib, ustidagi najosat asorati yo‘qolgach,
poklangan hisoblanadi. Bunday joyda namoz o‘qish joiz. Faqat u tuproqqa tayammum qilib bo‘lmaydi.
Zero, tayammumda tuproq (najosatdan) pok bo‘lishi shart. Shuningdek, yerda o‘sib turgan daraxt va
o‘tlar ham ustidagi najosat qurib yo‘qolgach, toza hisoblanadi.
Boshqa holga o‘tish bilan poklanish
Iflos bir narsa chirishi yoki yonib kul bo‘lishi bilan mohiyati o‘zgarsa, poklangan hisoblanadi. Libos
yoki badanda qurib qolgan maniy qirib tashlansa, pok bo‘ladi. Agar qurimagan bo‘lsa, yuvib
tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |