Takrorlash uchun savollar
1. Hayz, nifos va istihoza orasidagi farqni, har birining eng kam va eng ko‘p muddatlarini ayting.
2. Ikki hayz orasidagi eng qisqa va eng uzun poklik muddati qancha?
3. Hayz va nifos paytida bajarilishi harom bo‘lgan amallarni bayon qiling. Poklik holati qay tarzda
to‘liq bo‘ladi, hayz va nifosda bo‘lgan ayol namoz va ro‘zani qazo qiladimi?
4. Junub va tahoratsiz bo‘lgan kishiga bajarish harom bo‘lgan amallarni bayon qiling.
5. Istihoza va shunga o‘xshash holatlarning hukmini tushuntirib bering.
6. Kishi qachon uzrli hisoblanadi? Uzrning davomiylik sharti bilan nihoyaga yetish shartini ayting.
Uzrli kishi qanday tahorat qiladi va qanday hollarda tahorati buziladi?
7. Najosatning turlarini ayting, har biriga bittadan misol keltiring. Qancha miqdordagi najosat namozga
mone hisoblanmaydi?
8. Ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan najosatlar qanday tozalanadi? Libos va badandagi najosat
nima bilan poklanadi? Mahsi va shunga o‘xshash narsalar qanday tozalanadi?
9. O’lik hayvonlarning terisi nima bilan poklanadi? O’lim tirnoq va suyaklarning iflosligiga sabab
bo‘ladimi? Kiyiklarning mushk xaltasi pokmi yo nopok?
Nurul Izoh
Do'stlaringiz bilan baham: |