Umraning vaqti va miyqotlari
Xuddi hajda bo‘lganidek, umraning ham ma’lum miyqoti mavjud. Umrani yil davomida bajarish
mumkin. Arafa kuni, Qurbon hayitining birinchi kuni va tashriq (Zulhijjaning 11-, 12-, 13-) kunlaridan
tashqari, yilning boshqa kunlarida umra uchun ihromga kirish karohatsiz sahihdir. Bu sanab o‘tilgan
kunlarda umra uchun ihromga kirish tahriman makruhdir.
Hajning miyqotlari umraning ham miyqotlaridir. Faqat Makkada istiqomat qilayotganlar bundan
mustasno,chunki ularning miyqoti Hilldir.
Rukni
Baytullohning atrofida yetti marta yoki undan ko‘proq tavof qilishdir.
Umraning sharti ihromdir.
Vojiblari
Safo bilan Marva orasida sa’y qilish, soch oldirish yoki qisqartirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |