www.ziyouz.com kutubxonasi
105
10.Tavofni tamomlagach, hazrat Ibrohim, alayhissalom, maqomiga, buning iloji bo‘lmasa,
masjidning xohlagan joyida ikki rakat namoz o‘qiydi, so‘ng Baytullohning Hajarul Asvad va eshik
oralig‘iga borib, ikki qo‘lini qo‘yib o‘ng yuzini bosadi va zamzam suvidan ichadi.
11.So‘ng Safo va Marva oralig‘ida sa’y qilishni istasa 3-4-bandda aytilgan amallarni qayta bajaradi
va Safoga ko‘tariladi. Uning ustida Baytullohga qarab uch bor takbir va tahlil, Payg‘ambarimizga
salavot aytadi va qo‘llarini ko‘tarib istagancha duo qiladi. So‘ng Marva tomon yuradi. Io‘lning pastki
yashil chirog‘i oralig‘ida tez yuradi. Marvaga chiqib, Safoda qilgan amallarini takrorlaydi.
12.Shu tariqa yetti marta yuradi, Safodan boshlab Marvada bitiradi.
13.So‘ngra esa ihrom kiygan holda Makkada qoladi va xohlaganicha Ka’bani raml qilmay nafl
tavof qiladi. Keyin Zulhijjaning sakkizinchi kuni tongda Makkadan Minoga yo‘l oladi va Arafa kuni
bomdod namozini o‘qiguncha Minoda turadi.
14.Zulhijjaning to‘qqizinchi kuni Minoda bomdod namozini o‘qigach, Arafotga chiqadi va Rahmat
tog‘iga yaqin joyda zavol (peshin) vaqtidan hayit kuni tong otgunicha bo‘lgan vaqt ichida bir lahza
bo‘lsa ham vuquf qiladi. Quyosh zavolidan so‘ng imom juma namozining xutbasi kabi ikkita xutba
o‘qiydi. Xutbadan so‘ng bir azon, ikki takbir bilan peshin va asr namozlarini bir vaqtda o‘qiydi.
Peshinning ikki rakat sunnati o‘qilmaydi. Kuyosh botgach, barcha hojilar Muzdalifaga borishadi va
shom va xufton namozlarini bir azon va takbir bilan o‘qiydilar va o‘sha yerda-tunni o‘tkazadilar.
15.Zulhijjaning o‘ninchi kuni (Qurbon hayiti kuni) bomdod namozini erta vaqtda o‘qigach,
Muzdalifada bir lahza bo‘lsa ham vuquf qilib, takbir, tahlil va Payg‘ambarimizga salavot aytadi va duo
qiladi. Tong juda yorishgach, Minoga yo‘l oladi va jamratul aqabaga yetti dona toshchalarni bosh va
ko‘rsatkich barmoqlari bilan tutib, takbir aytgan holda bir-bir otadi. Birinchi toshchani otishi bilan
talbiya aytishni to‘xtatadi. Bundan so‘ng, mufrid xohlasa, qurbonlik so‘yadi va sochlarini qisqartiradi
yoki to‘liqoladi. Sochlarni to‘liq oldirish afzaldir. Yuqorida sanab o‘tilgan amallarni bajargach, ayoli
bilan jinsiy aloqadan tashqari, ihromda taqiqlangan barcha harakatlar halol bo‘ladi.
16.So‘ng hoji shu kuni yoki ertasiga yoxud uchinchi kuni Makkaga borib, Baytullohni yetti marta
tavofi ziyorat qiladi. Ammo Safo va Marva o‘rtasida sa’y qilmaydi. Ziyorat tavofini Qurbon hayitining
uchinchi kunidan keyinga qoldirish tahriman makruhdir. Ziyorat tavofining tamomi yoki aksariyat
qismi bajarilgach, sochini qisqartgan yo oldirgan bo‘lsa, ayoliga yaqinlashish ham mumkin bo‘ladi.
17.Ziyorat tavofidan so‘ng Minoga qaytadi va tunni o‘sha joyda o‘tkazadi.
18.Zulhijjaning o‘n birinchi kuni zavol (peshin) vaqtidan so‘ng, dastlab Xeyf masjidi yonidagi tosh
otish joyidan (jamratus-sug‘ro) boshlab navbati bilan o‘rta (jamratul-vusto) va (jamratul-aqoba)ga yetti
donadan mayda tosh otadi. Har bir toshni "Bismillahi, Allohu akbar" deb otadi. Birinchi va o‘rtadagi
tosh otish joylarida tosh otib bo‘lgach, takbir, tahlil va salovot aytab bir soat miqdoricha turadi, tosh
otib bo‘lgach, duo qiladi.
19.Zulhijjaning 12-kuni ham 11-kun amallarini aynan takrorlaydi. Shunday qilib, haj ibodati
yakunlanadi.
20.Ertasiga Makkaga qaytishda, Muhassab degan joyda qisqa muddatga bo‘lsa ham, qo‘nib o‘tadi.
Makkaga borgach, yetti bor Vido tavofi qiladi. Ushbu tavof makkalik bo‘lmaganlar uchun vojibdir.
21.So‘ngra Zamzam bulog‘iga kelib, qonib ichadi.
22.So‘ngra Ka’ba ostonasiga kelib, eshigini o‘padi.
23.So‘ng eshik bilan Hajarul Asvad orasidagi "Multazam" deb nomlangan joyga kelib, ko‘kragini
va o‘ng yuzini Ka’baga suradi, Ka’bapo‘shni ushlagan holda duo qilib, yig‘laydi. Nihoyat,
Baytullohdan yuz o‘girmagan holda, orti bilan yurib Harami Sharifdan chiqadi.
24.Ayollar ham xuddi erkaklardek haj qiladilar. Ammo ayollar boshlarini ochmasdan, faqattina
yuzlarini ochadilar, talbiyada ovozlarini chiqarmaydilar. Tavofda yelkalarini qimirlatib, tez
yurmaydilar va Safo va Marva orasida ham ohista yuradilar. Sochlarini oldirmaydilar, faqat biroz
qisqartiradilar. Ihromda ham tikilgan kiyimlarni kiyishlari mumkin.
25.Ayollar tiqilinch bo‘lganida Hajarul Asvadga yaqinlashmaydilar. Uzoqdan ishora bilan
Nurul Izoh
Do'stlaringiz bilan baham: |