Kundalik hayotda inson ongi va uning tafakkurini egallashda axborotning taʼsir kuchi XXI asrga kelib ancha jadallashdi. Endilikda odamlar muloqotsiz yashay olmaganidek, axborotsiz ham yashay olmayapti. Muloqot – bu axborot boʻlib, tarqatilayotgan, uzatilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlarning qay biri xolis yoki noxolisligini ajratib olish uchun avvalo, yoshlarda axborotga boʻlgan didni tarbiyalay olishimiz zarur. Sir emaski, axborot maydoniga xar kim oʻzining mahsulotini taqdim etadi. Bular orasida dezinformatsiya tarzida harakat qilayotganlar ham, xolis axborot uzatayotganlar ham bor. Faqat foydalanuvchi sifatida meʼyor darajasini unutmasligimiz lozim.
Hozirgi kunda men ham koʻplab har-xil ijtimoiy tarmoqlardan foydalanaman. Yaʼni internetdan kerakli maʼlumotlarni topishda va telegram, Whatsapp, instagram kabi internet tarmoqlaridan foydalanaman. Ijtimoiy tarmoqlarning yaxshi va yomon taraflari ham bor. Yaxshi taraflari bu har-xil kitoblar, asarlar va boshqa koʻpgina oʻzingizga kerakli boʻlgan maʼlumotlarni topa olasiz va foydalanishda davom etasiz. Yomon tarafiga kelsak boʻlmagʻur saytlar har-xil yamon maʼlumotlar ham uchrab turadi.
Bugungi shiddatkor zamonda oʻquvchi va talabalarda mediasavodxonlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularni mediavositalarda taqdim etilayotgan axborotlardan toʻgʻri foydalanishga oʻrgatish, milliy mentalitetimizga yot boʻlgan xurujlardan himoyalash immunitetini shakllantirish, uzluksiz taʼlimning barcha bosqichlarida mediataʼlim vositalaridan samarali foydalanish asosida taʼlim sifati va samaradorligiga erishish kabi dolzarb vazifalarga eʼtibor qaratishimizni zamonning oʻzi taqozo etmoqda.
Internet kuchli ijtimoiy taʼsirga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalaridan biriga aylanib boʻldi. Bundan tashqari moliya va bank tizimini olamizmi, turli (madaniy, maʼrifiy, ijtimoiy) xizmat koʻrsatish sohalari, taʼlim jarayonlari barchasi internet bilan bevosita bogʻliq. Bir paytlar bu tarmoq faqat tadqiqot olamida yuz berayotgan yangiliklar bilan tanishish uchun xizmat qilgan boʻlsa, hozirga kelib ishlab chiqarish doiralari orasida ham keng tarqaldi. Tabiiyki, uning tezkor, arzon, keng qamrovdagi aloqa va hamkorlik ishlarida qulayligi koʻpchilikka maʼqul tushmoqda. Endi global tarmoqning ijobiy tomonlariga eʼtibor qaratamiz bular avvalo, kishilarning dunyoqarashini kengaytiradi. Shuningdek, tarmoqda obyektiv va negativ axborotlarni qabul qilib, ularni tahlil qilish imkoniyati katta. Qolaversa, dunyoning istalgan burchagidan turib masofaviy muloqotlarni tashkil etishda va nihoyat axborotlarning tanlash imkoniyatining mavjudligi.
Soʻnggi yillarda turli ijtimoiy tarmoqlar internet olamining ajralmas boʻlagiga aylanib ulgurd
Do'stlaringiz bilan baham: |