118. Abulg‘arib Isfahoniy q. s.
Muhaqqiqlardin erdi, oyot va karomat sohibi. Ishqda ayni jam’g‘a yetib erdi. Ani Hululiy derlar.
Shayx Abu Abdulloh Hafif q. s. oni sevar edi. Sherozda bir marazda o‘z hayotidin navmid bo‘ldi. Va
ashobig‘a dedikim, sizga bir hojatim bor. Ravo qilurmusiz? Dedilarkim, ayt. Dedi: Men o‘lsam, meni
juhudlar go‘ristonida dafi qilinglar. Ashob mutahayyir bo‘ldilarkim, bu ne so‘zdur? Dedi: Tengridin
tilab er-dimkim, agar saning qoshingda qurbum bo‘lsa, mani Tarsusda ul olamg‘a elt. Holo munda
o‘ladurmen. Bildimki, oning qoshida hech qadrim yo‘q ermish. Bu so‘z mazkur bo‘lg‘ach, sihat osori
mizojida paydo bo‘ldi. Va oz kunda tamom sihat topib, Tarsusg‘a bordi va anda dunyodin o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |