314. Ali b. Hamza Isfahoniy Halloj q. s.
Shayx ul-islom debdurki, ul Halloj ermas erdi; Husayn Mansurdek Isfahonda Muhammad b. Yusuf
Bannoning shogirdi erdi. Isfahondin Haj azimati qildi. Hajdin qaytib, Basraga yetganda, Muhammad b.
Yusuf Bannoning favtining xabarin eshitti va qattig‘ malul bo‘lib, Isfahon azimatini tark etib, Basrada
sokin bo‘ldi. Sahl b. Abdulloh Tustariy q. s.ning ashobi orasida bo‘lur erdi. Bir kecha Mustafo s. a. v.
nn tushta ko‘rdikim, Sahl b. Abdulloh Tustariyg‘a iltifot qiladur erdi. Ul yugurdi ul Hazrat sari. Ul
Hazrat aning sari boqib, lutf ko‘rguzub keldi. Va Sahl Abdullohni bu toifa so‘ziga nisbat berib, tashrif
qildi. Anga o‘xsharki, Sahl Abdullohning ruhiga tavajjuh qilmoqqa ishorat ekan, bo‘lg‘ayki andin
tarbiyat topqay. Bu shodlig‘din uyg‘ondi. Shayx ul-islom debdurki, bu ishning muhabbati bu ishdur.
Yaqindurki, bu ishning inkorini bu ish desa bo‘lg‘ay. Va ul G‘ulom Xalil so‘zidur. «Nafahot ul-uns»da
o‘qug‘on ma’lum qilur:
Do'stlaringiz bilan baham: |