www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
111. Muhammad b. Yusuf Banno q. s.
Kuniyati Abu Abdullohdur. Derlarki, ul uch yuz shayxdin hadis kitobat qilib erdi. Chun xilvatu inqito’
irodati onga g‘olib bo‘ldi. Makka azimati bila. chiqdi va bodiyani tajrid bila qat’ qildi. Debdurlarki, ul
kunduz bannolig‘ kasbig‘a mashg‘ul erdi. Ulcha hosil qilsa erdi, kecha ondin muhaqqariy bahra olur
erdi. Uzgasin fuqarog‘a tasadduq qilur erdi. Bovujudi kasb ishtig‘oli har kun Qur’onni bir xatm qilur
erdi. Xufton namozin qilg‘andin so‘ngra o‘toqg‘a borur erdi va ko‘p aytur erdikim, xudoyo, manga o‘z
oshnoli-gingni va ma’rifatingni nasib qil! Yo bu toqqa amr qilki, yuqori chiqyb, maning boshimg‘a
yemrulsunki, saning shinosolig‘ing va ma’rifatingdin ayru manga tiriklik kerakmas! Junayd q. s. aning
fazlu kamolig‘a qoyil ermish. Shayx Ali Sahl Isfahoniyg‘a yuborgai risolatda bitib erdikim, [shayxing
Abu Abdullohdan so‘ragin, kim sendan g‘olibdur?]
1
. Chun shayx Ali Sahl Isfahoniy andin savol qildi.
Ul dedikim, javobyda bitikim, [Alloh o‘z ishida g‘olibdur]
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |