Alisher Navoiy.
Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
37
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Yahyo Kallodur. Abu Turob Naxshabiy va Zunnun Misriy q.
s.ning shogirdidur va otasining ham. Va Abu Ubayd Busriy bila suhbat tutubdur. Va Duqqnyning
ustodidur. Bu kun Abulxayr Taynotiy Abu Abdulloh Jalloni ko‘rdikim, havoda mig‘
ichinda borur
erdi, ayttikim, tanidim. Ul dedikim, tanimading.
Shayx ul-islom debdurki, Abulxayr shaxs tanimag‘in
debdur va Abu Abdulloh maqom va sharaf tanimag‘in. Andin muhabbatdin so‘rdilar. Ul dedikim,
[Mening muhabbat bilai nima ishim bor? Men tavbani o‘rganmoq istayman]
1
. Va so‘rdilarkim, [Faqir
faqr nomiga qachon sazovor bo‘ladi]
2
.
Javob berdikim, [uning o‘z nafsig‘a zohiriy va botiniy talablari
qolmasa]
3
. Shayx ul-islom debdurki, uch yuz murid Abu Turob Naxshabiy bila bodiyag‘a
kirdilar
rikvalar bila. Aning bila ikki kishi qoldi, Abu Abdulloh Jallo va Abu Ubayd Busriy q. s.
Do'stlaringiz bilan baham: