Imom Yofi’iy tarixida mashoyixinng biridin naql qilurki, Misr navohiysida bir zaifa o‘ttuz yil bir
yerda iqomat qildiki, issig‘ va sovug‘da andin bormadi. Va o‘ttiz yilda hech nima yemadi va ichmadi.
Vallohu a’lam.
765. Imra’atun Misriyai Uxro r. t.
Ham Imom Yofi’iy «Ravz ur-rayohin» kitobida kelturubdurki, bu toyifadin biri debdurki, Misr
navohiysida bir zaifa ko‘rdumki, volahu hayron erdi va o‘ttuz yil ayog‘ ustiga turub erdi. Qishda va
yozda va kecha kunduzdin va yomg‘urdin anga panoh yo‘q erdi. Va yilonlar va ajdaholar aning