763. Joriyai Majhula r. t.
Ham Zunnun q. s. debdurki, manga bir kanizakni o‘gdilar, mutaabbida. Va aning holidan xabar
so‘rdum. Dedilar: bir dayrda xarobdur! Ul dayrg‘a bordim, ko‘rdum, asru zaif jismlig‘ki, uyqusizlik
asari anda zohir erdi. Salom qildim. Javob berdi. Dedim: nasoriy maskanida bo‘lursen? Dedi: ko‘z
ochgach, Tengri taolodin o‘zga ikki dunyoda kishi ko‘rarsen? Men dedim: hech yolg‘uzluk vahshati
topmassen? Dedi: mendin yiroq bo‘l, ul mening ko‘nglumni hikmatining latoyifidin va muhabbatidin
andoq to‘la qilibdur va diydori shavqini manga andoq mustavliy qilibdurki, ko‘nglumda hech yer aning
g‘ayri uchun topmon. Dedim: seni hokima ko‘rarmen, meni bu yo‘l torlig‘idin chiqar va tuz yo‘lni
manga och! Dedi: ey javonmard, taqvoni ozug‘ung qil va zuhdni yo‘lung va vara’ni borgiring va
qo‘rqunchlug‘lar tariqida suluk qil, to yetkaysen bir eshikkaki, ne hujjob ko‘rgaysen anda, ne bavvob.
Xozinlarig‘a buyurg‘ayki, hech ishta sanga nofarmonlig‘ qilmag‘aylar.
Do'stlaringiz bilan baham: |