Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Shayx Najmuddin Abdulloh b. Isfaxoniy q. s



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet524/683
Sana23.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#402983
1   ...   520   521   522   523   524   525   526   527   ...   683
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

 598. Shayx Najmuddin Abdulloh b. Isfaxoniy q. s.
 
 Shayx Abulabbos Mursiyning shogirdidur. Manoqibi behaddur va karomoti beadd. Va ko‘p yillar 
Makkada mujovir erdi. Yaman ulamosidin biri debdurki, men hajga bordim va otam bemor qoldi. 
Chun Makkaga yettim va haj qildim, xotirim otam saridin bag‘oyat mutaraddid erdiki, holi ne 
bo‘lg‘onni bilmas erdim. Shayx Najmudding‘a ayttimki, ne bo‘lg‘ayki, ba’zi mukoshafotingdin xotir 
anga keltursangki, mening otam holidin muttale’ bo‘lub, manga dag‘i xabar bersang! Filhol, aning sari 
boqti va dediki, otang bemorlig‘idin sihhat topib, firosh ustida o‘lturubdur va kitoblarni tegrasida 
teribdur hilyasi mundoq va mundoq. Barcha nishonlarni rost aytti. Va ani hargiz ko‘rmaydur erdi. Bir 
kun avliyoullohdin birining janozasi bila chiqib erdi. Chun mulaqqinki, fuqaho kiboridin erdi, qabri 
boshig‘a o‘lturdi talqin qilgali. Shayx Najmuddin kuldi. Birav kulgu sababin so‘rdi, Shayx zajr qildi, 
so‘ngra ayttiki, mulaqqin talqin og‘oz qilg‘anda, qabr sohibi dedi: hech taajjub qilmassizki, o‘luk 
tirikka talqin qilur. Andin so‘rdilarki, hargiz xotun olibmusiz? Dedi: hargiz xotun olmaymen va alar 
pishurgan taomdin ham yemaydurmen. Aning Shayxi Ajam bilodida, anga deb erdiki, bot bo‘lg‘ayki, 
Misr bilodida qutb bila muloqot qilg‘aysen. Qutb talabig‘a chiqti. Va yo‘lda haromilar dedilar: 
josusdur va bog‘lab asradilar. Va debdurki, nogoh ko‘rdumki, bir pir mening ustumga tushti, andoqki, 
qarchig‘ay bir sayd ustiga. Va meni bandlardin ochib, xalos qildi. Va dedi: qo‘p, ey Abdullohki, sening 
matlubung mendurmen. Pas, Misrg‘acha bordim, hech matlubumni tanimadim va bilmadimki, 
qaydadur, to ulki bir kun dedilarki, Shayx Abulabbos Mursiy kelibdur. Jam’i fuqaro dedilarki, keling, 
borali va anga salom qilali! Chun ko‘zum anga tushti, tanidimki, ham ul pirdurki, meni yeshib erdi. Va 
ul ham ramz bila nishonalar ayttiki, hozirlar fahm qilmadilar. Va men aning xidmatu suhbatin lozim 
tuttum, ul vaqtqachaki, dunyodin o‘tti. Chun Shayx vafot qildi, Makkaga mutavajjih bo‘ldi, yo‘lda 
Shayxning shayxi Shayx Abulhasan Shoziliy q. s. qabrig‘a yetishti. Ul qabridin aning bila so‘zlashib, 
anga dediki, Makkaga bor va o‘ltur! Chun Makkaga yetti, eshittiki, hotife ayturki, [odamlari yomon 
eng yaxshi shaharga kelding]
1
 va Makkada mujovir bo‘ldi, to yetti yuz yigirma birda dunyoding o‘tti. 
Va Shayx Fuzayl Ayoz q. s. qabrig‘a yaqin qo‘ydilar. Xuroson akobiridin birining xatti bila 
topibdurlarki, yetti yuz uchda Makka ziyoratig‘a musharraf bo‘ldum. Va ul vaqt Haram shayxi Shayx 
Najmuddin Isfahoniy erdi. Aning xidmatig‘a yetishur erdim. Bir kun mendin so‘rdiki, bu hadis sanga 
yetibmudurki, [Ummatimning abdollari qirqtadir. O‘n ikkitasi Iroqda, yigirma sakkiztasi Shomda]
2

Dedim: yetibdur. Ammo bu mushkuldurki, nechuk bu toifa Shom va Iroqda-o‘qdurlar. Shayx dediki, 
Hazrat Risolat s. a. v. barcha odamni ikki qismat qilibdur Nisfi g‘arbiy, nas, Iroq va g‘ayrihi, Xuroson 
va Hinduston va Turkistondek. Soyir sharqi bilod, Iroqqa doxil va Shom va g‘ayrihi va Misr va 
Mag‘rib barcha Shomg‘a doxildur. Noqil bitibdurki, bu vaqtda xotirimg‘a keldiki, Xoja Qutbuddin 
Yah’yo Jomiy Nishoburiy holidin savol qilg‘aymen. So‘rmayin dediki, Xoja Qutbuddin Yah’yo ul o‘n 
ikkidin biridurki, Iroqdadurlar. 
 
 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   520   521   522   523   524   525   526   527   ...   683




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish