601. Abu Muhammad Abdulloh Marjoniy Mag‘ribiy q. s.
Mashoyix buzurglaridin va so‘fiya akobiridindur. Ulumi ilohi va maorifi rabboniy abvobi yuziga
ochilgandur. Anga dedilarki, falon dediki, shayx so‘z aytur erdi, ko‘rdumki, osmondin bir nuri amudiy
shayxning og‘zig‘a muttasil erdi. Chun Shayx so‘zni bas qildi, ul nur munqati’ bo‘ldi. Shayx tabassum
qildi va dediki, ul bilmaydur: nur munqati’ bo‘lg‘ondin so‘ngra men so‘zni bas qildim, ya’ni ul nurdin
amud osmondin ilohiy madadining surati erdi. Chun ul madad munqati’ bo‘ldi, so‘z qat’ topti. Yetti
yuz to‘qson to‘qquzda Tunisda dunyodin o‘tti.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi
197