603. Shayx Sulaymon Turkman Muvallih q. s.
Ul Dimishqda bo‘lur erdi. Egnida eski shol va o‘rnidin oz qo‘par erdi va so‘z oz aytur erdi. Zohir
ulamosidin ba’zi o‘z jalolat va buzurglugi bila aning ollida niyozmandlik qilurlar ermish. Debdurlarki,
ramazonda nima yer ermish va namoz qilmas ermish, ammo mug‘ayyibotqa mukoshif va muttali’
ermish va ondin axbor qilur ermish. Imom Yofi’iy debdurlarki, bo‘la olurki, ul hol anga o‘z ahvolining
satru kitmoni uchun talbis qabilidin bo‘lg‘ay. Har vaqt namoz qilur ermish bo‘lg‘ay va og‘zig‘a nima
solib chaynab yutmas ermish bo‘lg‘ay. Ko‘p mundoq bu toifadin mushohada qilibdurlar. Andoqki,
Shayx Qozi Mavsiliydin va Shayx Rayhondin va alardin o‘zgadin dog‘i manquldur va Shayx
Sulaymon yetti yuz o‘n to‘rtda dunyodin o‘tti.
Do'stlaringiz bilan baham: |