594. Shayx Yosin Mag‘ribiy Hajjom ul-Asvad q. s.
Ul valoyat arbobidin va karomot ashobidin erdi. Ammo, bu holni hajjomlik suratida yashurur erdi.
Imom Navaviy r. a. aning muridlaridin va mu’taqidlaridin ermish. Aning ziyoratig‘a borur ermish va
aning muhabbati va xidmatig‘a tabarruk tilar ermish. Va anga irodat maqomida ermish. Va harne ul
ishorat qilsa, ul ishorat mujibi ila amal qilur ermish. Bir kun anga dediki, kitoblarki senda oriyatdur
egalariga bergil va o‘z diyoringga murojaat qil va ahlingni ziyorat qil! Aning so‘zin qabul qildi. Chun
o‘z diyorng‘a yetti va ahlin ko‘rdi, bemor bo‘ldi va dunyodin o‘tti. [Shayx Yosin Mag‘ribiy olti yuz
sakson sakkizinchi yil Rabi ul-avval oyida vafot etdi. Sakson yil umr ko‘rdi.
Imom Muhiddii Navaviy esa, olti yuz yetmish oltinchi yil Rajab oyining yigirma to‘rtida vafot etdi]
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |