586. Shayx Muhyiddin Muhammad b. Ali b. Arabiy h. s.
Vahdati vujud qoyillarining qudvasidur. Zohir fuqaho va ulamosidin ko‘p anga ta’n qilibdurlar.
Fuqahodin oz va so‘fiydin jamoate ani buzurg tutubturlar. [Uni yuksak ehtirom bilan ulug‘ladilar,
so‘zlarini maqtab, madh etdilar, baland martabasini sifatladilar, behisob karomotlaridan xabar berdilar.
Imom Yofi’iy r. o‘z tarixida shunday zikr qilgan]
1
. Alarg‘a ash’ori latif, g‘arib va axbori nodir ajib bor.
Va musannafotlari ko‘p bordur. Bag‘dod mashoyixidin birisi alar manoqibida kitobe jam qilibdur. Va
anda kelturubdurki, alarning musainafoti besh yuzdin ortlqroqdur va Hazrat Shayxning ba’zi
ashobining iltimosi bila o‘z musannafoti fihrastida risola bitibdurlar. Anda ikki yuz ellikdin ortiqning
otin mazkur qilibdurlar, ko‘praki tasavvufda.
Va ul risolaning xutbasida debdurlarki, mening qasdim bu kutub tasnifida soyir musanniflardek
tasnifu ta’lif emas erdi, balki ba’zig‘a sabab bu erdikim, manga Haq subhonahudin amre vorid bo‘lur
erdikim, yaqin bo‘lur erdikim, meni kuydurgay. Uzumni alardin ba’zining bayonig‘a mashg‘ul qilur
erdim. Va ba’zig‘a sabab ul erdikim, yo voqe’da, yo mukoshafada haq subhonahu va taolo qoshidin
anga ma’mur bo‘lur edim. Va Imom Yofi’iy tarixida mazkurdurkim, alar bila Shayx Shihobuddin
Suhravardiy q. s.g‘a muloqot ittifoqi voqe’ bo‘lubdur. Va ba’zi akobir dedilarki, ul muloqot Haram
tarafida ekandur. Har biri alardin yana biriga nazra qilib o‘tushubdurlar, onsizki oralarida kalome
voqe’ bo‘lg‘ay. Andin so‘ngra Shayx Shihobuddin holini alardin so‘rubdurlar. Alar debdurlarki, [u
boshdan oyog‘iga qadar sunnat bilan to‘ladir]
2
. Shayx Shihobuddindin alarning holini so‘rubdurlar.
Debdurki, [u haqiqatlar dengizidir!]
3
. Ba’zi buzurgvordin andoq eshitildiki, Haram soyasida suhbat
tutubdurlar. Va Shayx Shihobuddin ul Hazratdin necha savol qilibdurlar. Ba’zig‘a javob beribdurlar va
ba’zig‘a debdurlarki, Tubo daraxti soyasida javob bergumizdur. Bu so‘z bila bir-biridin
ayrilishibdurlar. Va alarning xirqalari nisbati bir voskta bila Hazrat Shayx Abdulqodir Giloniy q. s.g‘a
yetar. Va yana bir nisbatlari bir vosita bila Xizr a. s.g‘a yetar. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-
unoda bu nav’ debdurlarki, to’inlarning ulug‘roq ta’ni alarg‘a «Fusus ul-hikam» kitobidur. Va
hamonoki, alarning ta’nining maysha’i yo taassubdur, yo ittilo’lari adami, alarning mustalahotig‘a yo
maoniy yo haqoyiq rumuziki tasniflarida darj qilibdurlar, bataxsis «Fusus»da va «Futuhot»da. Va bu
ma’no ul martabadadurkim, bu toifadin hech qaysmning hech kitobida topilmas. Ham ul Hazrat
debdurlarki, bu faqir Xoja Burhonuddin Abu Nasr Porss q. r. din bu nav’ istimo’ qilibmenki, der
erdilarki, bizing volidimiz buyururlar erdiki, [«Fusus» – jondir, «Futuhot» – dil]
4
. Har yerdaki alarning
buzurgvor volidlari «Fasl ul-xitob» kitobida [oriflarning ba’zi ulug‘lari]5 debdurlar, murodlari alardur.
Hazrat Maxdumiy n. m. n. alarning musannafotidin «Fusus»ni sharh qilibdurlar. Andoqki, aning
ta’rifini qilmoq bu faqirdek bebizoatlarning haddi emas. Va «Futuhot»ni doim mutolaa qilurlar va o‘z
musannafotlarida «Futuhot»din ko‘p kelturubdurlar. Va Hazrat Shayx ta’rifida «Nafahot ul uns»da
ko‘p so‘zlar debdurlar. Tilagan kishi anda topar. [Shayx r. besh yuz oltmishinchi yil Ramazonning o‘n
yettisi dushanba kechasi Andalusning Mursiya degan shahrida tug‘ildi. Olti yuz o‘ttiz sakkizinchi yil
Rabi ul-oxir oyining yigirma ikkisi juma kechasi Damashqda vafot etdi. U shahar tashqarisidagi
Qosyun tog‘ etagida dafn qilindi]6. Va holo ul mavze’ Solihiyag‘a mashhurdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |