www.ziyouz.com
kutubxonasi
188
qaridinki, bu kibari sinda va Islom diyorida ulamo orasida madrasa eshikida vuzu’ qiladur va mashru’
tartibi bila emas. Ul mening sari boqib dediki, ey Umar, sanga Misrda hech fathe bo‘lmas, fatheki
sanga bo‘lur, Makka va Hijoz tarafidin bo‘lg‘usidur. Ul yon qasd qilki, sening fathing vaqti yetibdur.
Bildimki, ul avliyoullohdindur va murodi ul nav’ vuzu’dii talbisu jahl izhori va o‘z holining satridur.
Qoshida o‘lturdum va dedim yo sayyidi, men qayda va Makka qayda? Haj mavsumi emas va hech
hamrohu rafiq yo‘q. Iligi bila ishorat qildi va dedi iynak Ka’ba ko‘zung ilayida! Chun nazar qildim,
Makkani ko‘rdum. Ani qo‘ydum, dag‘i yuz Makkaga qo‘ydum va Makka ko‘zumdin yana g‘oyib
bo‘lmadi. Va anda sulukka mashg‘ul bo‘ldum. Futuh abvobi yuzumga ochildi va osori mutarodif
bo‘ldi. Va Makkaning tog‘ va vodiylarida sayohat qilur erdim, to ulki bir vodiyda muqim bo‘ldumki,
andin Makka o‘n kupchalik yo‘l erdi. Saloti xamsaqa; jamoatqa hozir bo‘lur erdim. Bu nav’ bila o‘n
besh yil o‘tkandin so‘ngra nogoh bir kun ul qari baqqolning uni manga keldikim, [ey Umar, Qohiraga
kel, vafotimga hozir bo‘l!]
1
. Ta’jil bila anga keldim, ko‘rdumki, muhtazardur. Salom qildim, ul ham
salom qildi. Va bir necha diram manga berdiki, munung bila mening takfin va tajhizimni qil! Va
tobutum hammollarig‘a har qaysig‘a birar diram bergil va Qirofadin falon mavze’g‘a itkil! Derlarki,
hamul mav-ze’durki, Shayx Ibn Foriz holo anda madfundur. Pas, dedi: mening tobutnmni anda qo‘y va
muntazir bo‘lki, birav tog‘din tushub kelgay, aning bila namoz qil va muntazir bo‘lki, Tengridin ne
kelgay? Ul vafot qildi: va aning vasiyati bila amal qildim. Va tobutni ul yerdaki deb erdi, qo‘ydum.
Ko‘rdumki, birav tog‘din inib keldi qushdek ta’jil bila. Va dedi: ey Umar, ilgari borki, namoz qilali!
Ilgari bordim, namoz qilurda ko‘rdum, bizing bila osmon orasida yashil va oq qushlar namoz
qiladurlar. Chun namozdin forig‘ bo‘lduk, bir-azimulxilqa yashil qush ul qushlar orasidii indi va tobut
qoshida o‘lturdi va tobutnn yutti va uchub o‘zga qushlarg‘a qo‘shuldi. Va tasbih o‘quy borurlar erdi, to
nazardin g‘oyib bo‘ldilar. Men mutaajjib bo‘ldum. Ul kishi dedi: [Ey Umar, eshitmaganmisan,
shahidlar ruhi jannatning xohlagan yerida sayr qiladigan yashil qushlar ichida bo‘ladi. Bular qilichdan
shahid bo‘lganlar. Ammo muhabbat shahidlarining jasadlari ham, ruhlari ham yashil qushlar ichida
bo‘ladi. Bu kishi ulardandir, ey Umar!]
2
. Men ham alardin erdim va mendin zillate vujudqa keldi va
meni alarning orasidin surdilar va holo bozorlarda manga silliy urarlar va ul zillat uchun ta’dib qilurlar.
Va Shayx ibn Forizg‘a devoni she’rdur arabiy tili bilaki, mushtamildur, maorif uyunig‘a va latoyif
fununig‘a. Va bir qasida andin «Toiyya»durki, yetti yuz ellik bayt kami besh bo‘lg‘ayki, [bu qasida
so‘fiy mashoyixlari, ulardan tashqari fozillar, olimlar va haqiqat ahli o‘rtasida ham shuhrat tutdi]
3
.
Sayru sulukdin so‘ngra ulumi dunyoyi haqoyiqi va maorifi yaqiniya daqoyiqidin o‘z zavqu kummali
avliyoyu akobir va mashoyix muhaqqiqlari ravvahallohu taolo arvohahum ajma’in azvoqidin jam’
qilibdur. Va bu nav’ nazm royiqu foyiq kishiga muyassar bo‘lmaydur. Va hech kishiga fazlu hunar
ahlidin maysur, balki ko‘prak nav’i basharg‘a maqdur emas. Va Shayxning fazoyilu kamoloti ulumu
maorifi a’lo marotibidin, balki karomotu valoyati a’lo darajasida shar’din tashqaridur va ta’rifdin
mustag‘niydur. Andin biror nima voqif bo‘lmak tilagan Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul uns»in
ochib, mutolaa qilsun. [Alloh undan rozi bo‘lsin, olti yuz o‘ttiz ikkinchi yil jumodul-avval oyining
ikkinchisida vafot etdi]
4
.
Do'stlaringiz bilan baham: |