582. Abulhasan Ali b. Humayd Sa’idiy q. s.
Baland holot va arjumand karomot sohibi erdi. Otasi bo‘yoqchi erdi. Tilar erdiki, ul ham
sabbog‘lig‘im o‘rgangay. Anga og‘ir kelur erdiki, ul darveshlar suhbatig‘a borur erdi. Va alar tariqasin
varzish qilur erdi. Va ul ishdin qolur erdi. Bir kun otasi buyurg‘on to‘nlug‘larni bo‘yamaydur erdi.
Otasi achig‘landi. Va do‘konda tog‘oralar erdi, har birida o‘zga rang. To‘nlug‘larni borchasin bir
zarfqa soldi otasining g‘azabi ortti va dediki, ko‘rdungki, ne ish qilding? Bularning iyalari har birin
o‘zga rang buyurub erdilar. Ul ilig ul zarfqa urub barchani chiqardi va har qaysini neki buyurub erdilar,
hamul rang olib, otasi iligiga berdi. Chun otasi ul g‘arib holni ko‘rdi, ani Tengri yo‘li sulukida qo‘ydi.
Va ul sulukda martabasini derlarki, ul yerga yettiki, murid va ashobi bag‘oyat ko‘p bo‘ldi. Ammo har
kishi otiniki Lavhi Mahfuzda ko‘rmas erdi, muridliqqa qabul qilmas erdi. Va ul olti yuz o‘n ikkida
dunyodin o‘tubdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |