322. Abulfazl Ja’far Ja’diy r. t.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Ja’far Ja’diyg‘a yetkurdilarki, Abu Amr Istaxrin debdurki, g‘usl
qilur erdim, izorim ochildi, ko‘rdumki, ikki ilig kenimdin paydo bo‘lub, izorimni belimga mahkam
bog‘ladi, Ja’far Ja’diy qo‘pti va Istaxrg‘a bordi va Abu Amr qoshig‘a kirdi va aning ayog‘in tutti. Va
Abu Amrning ashobi sekridilar. Ul moni’ bo‘ldi va hech nima demangki, aning g‘azabi lillohdur va o‘n
ikki yig‘och yayog‘ kelibdur. Va Abu Amr i’tizor maqomig‘a kelib dediki, andoq demaydurmen, balki
mundoq depmen. Andin so‘ng ashobig‘a dedikim, anga xidmatkorliklar qildilar va uzrlar qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |