210. Abu Ja’far Mu’oz Misriy r. t.
Abu Hasan Sirvoniy Sag‘irning ustodidur. U debdurki, Abu Ja’far Haddod va Abu Abdulloh Barqiy
ikkalasi Misrda erdilar. So‘rdumki, tasavvuf nedur? Ikkalasi dedilarki, tasavvuf aning asaridurki, yerda
goh oshkora qilur va goh pinhon. Shayx ul-islom debdurki, agar ming nil umr ko‘rsang, bu bobda
mundin yaxshiroq so‘z maxluqdin eshitmagungdir. Yeru ko‘k va barcha sanoyi’in oshkora ko‘rguzdi,
hech qaysida oncha oshkora emaski, aning do‘stlari ko‘zida! Aning do‘stlarin tilamak va alar ziyorati
uchun sanru safar qilmoq muning uchundur.
Do'stlaringiz bilan baham: |