206. Abu Ja’far Ahmad b. Hamdon b. Ali b, Sinon r. t.
Uchunchi tabaqadindur, Nushoburdindur. Abu Usmon Hiriy bila suhbat tutubdir va Abu Hafs
Haddodni ko‘rubdur va uch yuz o‘n birda dunyodin o‘tubdur. Ul debdurki, (itoatkorlarning toatlaridan
kibrlanib, osiylarga takabburlik qilishlari osiylarning gunohlaridan yomonroq va zararliroq]
1
.
Va ham ul debdurki, [kishining chiroyi – so‘zining go‘zalligida, kamoli esa fe’lining to‘g‘riligida]
2
.
Va ham ul debdurki, [Haqqa bog‘langan kishining haqiqiy alomati – Allohdan qaytadigan narsalarga
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi
56
chalg‘imasligidir]
3
.