147. Abu Ya’qub Susiy q. s.
Oti Yusuf b. Hamadondur. Abu Ya’qub Nahrajuriyning ustodidur. Olim va sohibi tasonif ermish. Va
Basrada bo‘lur ermish. Ul debdurkim, har kim takalluf bila tavhiddin so‘z aytsa, shirkdur. Va Shayx
Abu Sayd Xarroz q. s. debdurki, [faqat o‘z tajribasi va o‘z fe’lidan so‘zlovchi kishigina bu ilm haqida
gapirishi joyizdir]
1
.
148. Abu Ya’qub Nahrajuriy q. s.
To‘rtunchi tabaqadindur. Oti Ishoq b. Muhammad. Mashoyixiing ulamosidandur. Junayd q. s. va Amr
b. Usmon Makkiy bila suhbat tutubdur, yillar Makkada mujovir ermish, ham anda uch yuz o‘ttizda
dunyodin o‘tubdur. Ibrohim Fotik debdurki, Abu Ya’qub Nahrajuriy debdurki, [dunyo – dengiz, oxirat
–uning sohili. Kemasi – taqvo. Odamlar safar qiluvchilardir]
1
. Va ham ul debdurki, [odamlar ichida
Allohni ko‘proq tanuvchi kishi unga hayrati ko‘proq bo‘lganidir]
2
. Va xam ul debdurki, [kimki taqlid
yo‘li bilan tavhidga otsa, u ma’rifat yo‘lidan yiroqdir]
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: |