153. Abu Ya’qub Ziziy q. s.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Ibni Ziziy bila bir samo’da hozir bo‘ldum. Va qavvol bu baytni
o‘qudikim,
b a yt:
[Agar u o‘lukni quchog‘iga olsa, tirilar,
qabrga olib borilmasdi]
1
.
Ibni Ziziyning vaqti xush bo‘ldi, iliglarin uchasi saridin yerga tiradi va ko‘ksin yuqori qilib, ko‘zin
ko‘kka tikdi. Va qavvolg‘a der erdikim, aytqil, vallohki, mendin o‘zga kishi eshitmaydur. Nogoh
bo‘yin raglaridin qon ravon bo‘ldi, fasd qilg‘ondek va yiqildi. Ani ko‘tardilar, xirqasini qondin
yuvdilar va qon borg‘an raglarin bog‘ladilar, to muddatdin so‘ngra o‘ziga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |