144. Abu Aliy Juzjoniy q. t. s.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Hasan b. Alidur. Xuroson mashoyixining buzurglaridindur, o‘z zamonida
benazir erdi. Va aning tasonifi bor, muomalotda va ru’yat ofotida [ma’rifat va hikmatga oid so‘zlarni
ko‘p aytardi]
1
. Muhammad b. Aliy Tirmiziy bila va Muhammad Fazli Balxiy bila suhbat tutubdur va
alarg‘a qarib us-sindur. Ul debdurki, [xalq o‘z shubha gumoniga tayanib yo e’tiqod qilib, g‘aflat
maydonida yugurib yuribdi. Go‘yoqi ular haqiqat vodiysidayu yana mukoshafadan so‘zlaydilar]
2
. Va
ham ul debdurki, badbaxt uldurki, aning aybini Haq s. t. yashurmish bo‘lg‘ay va ul oshkor qilg‘ay.
Do'stlaringiz bilan baham: |