135. Abubakr Varroq Tirmiziy q. t. r.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Umar Hakim Tirmiziy. Asli Tirmizdindur. Qabri ham
andadur. Ammo Balxda bo‘lur ermish. Abu Iso Tirmiziy tag‘oyisidur. Ahmad Xuzravayh bila suhbat
tutubdur va ko‘p tasonifi bordur. Va «Tavrot» va «Injil» va «Qutbi rsmoniy»ni o‘qubdur va she’r
devoni ham bordur. [Abubakr Varroq do‘stlarini safar va sayohat qilishga da’vat etmasdi. Aytardiki,
irodat qilgan yeringda muridlig‘ing kamolga yetguncha sabr qilib turishing barcha barakotning
kalitidur. Muridlik kamolga yetgach barakot boshlanady]1. Va ham oning so‘zidurkim, umaroning
fasodi zulm biladur va ulamoning fasodi tama’ bila va fuqaroning fasodi riyo bila.
Do'stlaringiz bilan baham: |