134. Abu Tolib Muhammad b. Ali b. Atiya Horisiy
Makkiy q. s. Ul «Qut ul-qulub» kitobining sohibidurki, tariqat asrorining majmaidur. [Aytishlaricha,
Islom olamida tariqatning nozik ma’nolarini ochib bergan «Qut ul-qulub»dek boshqa asarni hech kim
yozmagan. U yer yuzidagi eng ulug‘ joy – Makkada o‘sib, ulg‘aydi. Keyin Basraga ketdi. Undan
Bag‘dodga o‘tib, uch yuz sakson olti hijriy yili, jumod ul oxir oyida vafot etdi]1. Va aning nisbati
tasavvufda Shayx Abulhasan b. Muhammad b. Abu Abdulloh Ahmad b. Solim Basriyg‘adur. Va Shayx
Abulhasanning intisobi o‘z otasi Abu Abdulloh Ahmad Solimg‘a va aning nisbati otasig‘adur– Sahl b.
Abdulloh Tustariy q. s.
Do'stlaringiz bilan baham: |