Aytishlaricha, kichkinagina jilg`a bepoyon cho`lga qadar oqib boribdi. Shunda u g`oyibdan: «Xavotirlanmay oqishni davom ettir» degan ovoz eshitibdi. Ammo oqishni davom ettirish jilg`aga xatarli tuyulibdi. Negaki, notanish va noma`lum qaqrab yotkan yerda oqish imkoni yo`qolib borayotganidan qo`rqib ketibdi. Axir uning bitayu bitta orzusi to`lib toshib, zavq bilan oqish edi. Tavakkal qilib yo`lga tushib, hayotida nimanidur o`zgartirmoqchi bo`lganida qurib qolish daxshati paydo bo`libdi. Ammo g`oyibona tovush uni yana oqishga undardi: «Agar oqishga qaror qilmasang, hech qachon sen o`zingni nimalarga qodir ekanligingni bilolmysan. Sen shunga amin bo`lginki, yangi hayoting o`zgacha bo`ladi. Hotirjam holda yana oqishni davom et» Jilg`a ruhlanib o`z yo`lini davom ettirdi. Unga oson bo`lmadi. Sahro kun sayin jazillab, oqibatda jilg`a suvlari bug`ga aylanib ketti. Havoga bug`lanib ko`tarilgan jilg`aning har bir tomchi suvi bulutga aylanib ketdi. Shamol bulutni bir necha kun sahro uzra har tomon surdi. Va bir kuni bulut dengiz tepasiga yetib keldida, sharros yomg`ir yog`di. Jilg`aning hayoti o`zi kutkanidanda ortiq go`zal tus oldi. Jilg`aning yomg`irga aylanib dengizga qo`shilgan suvlari qudratli to`lqinlarda mavj urarkan, tabassum bilan shivirladi: «Mening hayotim necha bor o`zgargan bo`lsa ham, endilikda men o`z maqsadimga yetdim».
Muvaffaqiyatning katta siri shundaki, muvaffaqiyatga eltuvchi hech qanday sir yo`q! Har kimning o'ziga xos xususiyati bor va bir nechta formulada bitta formuladan foydalanish mumkinligiga kafolat yo'q. Siz ham men kabi mashhur insonlarning baland parvoz gaplaridan ilhom olasiz va oʻzingizda kuchli motivatsiya hosil qilasiz. Endi siz kuchli va irodali boʻldingiz. Muvaffaqiyatga erishishingiz deyarli 100% deb oʻylamoqdasiz. Ertadan siz butunlay oʻzgarasiz. Siz yangi inson boʻlasiz. Ajoyib, shunday emasmi?!
Xo’sh, siz hozir kimsiz? Siz muvaffaqiyatga erisha oldingizmi? Lekin siz 1 yilmi yoki 1 oy oldinmi taʼsirli videofilmdagi obrazdan yo boʻlmasam kitobdan oʻzingiz uchun motivatsiya olgan edingiz-ku? Siz ertadan oʻzgarishga va aniq gʻalaba qozonishga ishonar edingiz. Lekin hozir siz kimsiz? Men sizni muvaffaqiyatli, hayotda nimagadir erishgan inson deb hisoblamayman. Chunki bunday odam mening maqolamni oʻqib oʻtirmas edi!
Psixologiya yo`nalishiga o`qishga kirganimdan keyin eshitib qoldim, aytishlaricha bu dunyodagi har bir insonning eng katta yutugʻi, uning “men”ida ekan. Aynan shunday tugʻilgani uchun faxrlanar ekanlar. Kechirasiz, ammo menga Qirollik oilasida tugʻilish, Ilon Musk kabi boy boʻlish, Cristiano Ronaldoning oʻgʻli boʻlish ham yoqadi. Sizga yoqmaydimi?! Nafaqat menda balki yer yuzidagi milliardlab insonlarda bunday imkoniyat yoʻq. Faqatgina birgina imkoniyat oʻzimiz, biz tugʻilishni istagan odamlarni yarata olishimiz mumkin. Toʻgʻri, hamma ham bunga erisha olmaydi. Har ehtimolga qarshi erishganlar ham bor. Chamasi ilk avstrolopitek davridan boshlab. Xo’sh, inson qanday bu darajaga erishishi mumkin?
Maqolani motivatsiya olgan ammo vaqt oʻtib hech narsasi oʻzgarmaganlar haqida boshladim. Ha chunki, men vaqtni behuda sarflagan, oʻzidan oʻzi faxrlanadigan insonlarni ustidan kulmoqchi edim. Mening fikrimcha motivatsiya haqida kitoblar o`qish uni his qilishga intilish bu qalloblikning hissiy koʻrinishi. Chunki motivatsiya olgan odam hech narsadan qoʻrqmaydi, endilikda u kuchli lekin eʼtiborsiz boʻla boshlaydi. Motivatsiyani u shunday qabul qilganki, qolganlarga tupur, sen bittasan, qolganlardan juda katta farq qilasan, ichingda yashirin qobiliyat bor, eh va hokazolar. Ushbu soʻzlarning davomi koʻp. Buni miyaning oʻzi avtomat tarzda ishlab chiqaraveradi. Buning davomida qoʻrquv degan hissiyot yoʻqola boshlaydi va yoʻqoladi ham. Qoʻrquvning yoʻq boʻlishi nimani oʻzgartiradi, axir bu yaxshi emasmi. Ertaklarda doimo qoʻrqoqlar emas dovyurak, mard va jasurlar gʻolib boʻladi-ku. Agar siz ham shunday fikrlasangiz bu ertak ekanligini unutib qo’yibsiz. Insonda maqsadga erishish uchun ozgina qo`rquv ham bo`lishi kerak. Chunki bu hissiyot uni to`g`ri fikrlashga undaydi. O`zingizga katta baho berishdan oldin qo`lingizdan nimalar kelishiga ishonch hosil qiling. Qayerdandur be`mani motivatsiyani olasizda o`zingizga bo`lgan ishonch ortib ketadi, o`zingizga keragidan ortiq baho berdingiz natijada maqsadingizni mensimadingiz va unga erisha olmadingiz. Agar sizda ozgina qo`rquv bo`lganida siz B yoki C rejani ham tayyor qilib qo`ygan bo`lar edingiz.
Hayotim davomida siyqasi chiqqan bir xil turdagi motivatsiyalarni eshitib keldim, va qimmatli vaqtimni sarflab ularni o`qib chiqdim. Lekin xulosa hammasida deyarli bir xil. Shunchaki tinimsiz mehnat qilsang, o`z ustingda ishlasang muvaffaqiyatga erishasan deyishni o`rniga qayoqdagi oldi-qochdi ma`ruzalari bilan miyyani chalkashtirishadi. Ular o`zlari amal qilmaydigan qayoqda yo`q gaplarni yozishadi. Bundan maqsad nima? shunchaki obro`-e`tibor orttirish holos. Ular sizni qandaydir qobilyatingiz borligiga ishontirishga harakat qilishadi. Sizga motivatsiya kerakmi? Maslahatim qimmatli vaqtingizni sarflab uni internetdan yoki kitobdan o`qib o`tirmang. Shunchaki maqsad qo`ying unga erishish uchun da`dil harakat qiling. Buning uchun sizga kimdur ha ha ha sen buni eplaysan deb turishi shart emas. Sizga nogironlar erishgan yutuqlar, muvaffaqiyatlarni misol qilib keltirishadi. Siz esa bunga bor yo`g`i 5 daqiqa yoki uzog`i bilan 1 kun reaksiya bildirasiz va o`zingizni ham nimagadur qodir ekanligingizga ishontirishga harakat qilasiz. Lekin ertasi kuni yana eski hammom eski toz. Xush kelibsizlar qadrli bekorchilar! Nogironlar shunchaki bu dunyoning bor ne`matidan foydalana olmaydida o`zini nima bilandir band qilishga harakat qilishadida aynan o`sha narsaning ustasiga aylanishadi. Buning tagida shunchaki tinimsiz mehnat yotadi. Ular shu narsani o`rganishga harakat qilgan holos va natijaga erishgan. Biz sog`lom insonlar esa ularni ishlarini kuzatib shunchaki zavq olamiz.
Siz o`zingizda bor narsani his qilishingiz uchun qandaydir turtki kerakmi?
Motivatsiyani vaqtingizni sarflab qayoqdagi kitoblardan internetdan qidirishni bas qiling. Motivatsiyani yurgan yo`lingizdan, bosgan qadamingizdan qidiring. Ko`chada yurganingizda qulog`ingizdagi 300$ lik AirPodsni yeching atrof-muhitga e`tiborli bo`ling chunki yo`lda uchragan har qanday muhit yoki o`zgarish sizga qandaydur yangilik bo`lishi mumkin. Men aynan shunday ko`chada quloqchin taqib olib hech kimga e`tibor bermaydigan yigitlar va qizlarga qarshiman. Bu mening shaxsiy fikrim. Agar shu maqolamni ko`chada qulog`ida naushnik bilan yuradigan insonlar o`qiyotgan bo`lsa, Nega aynan naushnik bilan yurishingizni sababini biling. Agar musiqa tinglayotgan bo`lsangiz uyingizda tinglashni maslahat beraman. Agar dars eshitayotgan bo`lsangiz uyingizda eshitshni tavsiya qilaman. Agar bu shunchaki oliftagarchilikka bo`lsa unda gazini bosing sizdan boshqa hech kimda bunday quloqchinlar yoq. Shunchaki o`zingizni qiziqishingiz tufayli atrofga bee`tibor bo`lmang. Atrofda sizni hayotingizni o`zgartirishga qodir detallar tiqilib yotibdi.
Qandaydur boy bo`lishning 765 ta siri, muvaffaqiyatga eltuvchi 8456 xil yo`l degan kitoblar va maqolalarni o`qib vaqt sarflashni yig`ishtiring. (badiiy asarlar bundan mustasno). Hayotda muvaffaqiyatli insonlar boshqalarning ha ha ha deb turishi bilan yoki yuqoridagi shunga o`xshash kitob va ma`lumotlar bilan vaqt sarflamaganlar ular shunchaki harakat qilishgan. Yoki dunyoning eng boy odami Ilon Musk qandaydur motivatsiya haqida kitobni o`qib milliarder bo`lganmi? yoki Ronaldo kimningdir motivatsiya berishi bilan shu darajaga yetganmi? Yoq albatta! Bularning ortida vaqtni behuda sarflamaslik maqsad sari intilish harkati yotibdi. Yokida bo`lmasa, Toms Edisonni olaylik tajriblarini bir o`zi olib borgan unga hech kim yordam ham bermagan. Qayoqadagi be`mani motivatsiyani olaman deb vaqtini behuda sarflamagan. Shunchaki uzoq tajribalardan so`ng maqsadiga erishgan.
Men yuqorida qo`rquv haqida gapirdim. Dunyoga mashhur «Amazon» kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosning aytgan gaplari bor: «Meni yoshligimdan maqsadimga qanday erishish haqidagi qo`rquv qiynab kelgan. Oddiy kambag`al oilada o`sganim uchun kelajakka qo`rquv hissi bilan qaraganim uchun ham harakat qilganman. Hech narsasiz qolishdan, yana otam singari bo`lib qolishdan qo`rqar edim. Oilamning hayotini o`zgartirish nazarimda mening bo`ynimda edi. Shundan qo`rqib yashardim. Hattoki o`z kompaniyamga asos solganimda ham uni qanday qilib boshqarish haqidagi qo`rquv hissi meni o`ylantirardi. Aynan kompaniya inqirozga uchramasligi uchun ma`lum vaqt qo`rqib ishladim. Aynan shu qo`rquv hissi meni yanada ko`proq ishlashga undar edi», shu orada futbol yulduzi, afsonasi 21 asrning eng mashhur insoni Cristiano Ronaldoning fikrini ham aytib o`tsam: «Men kambag`al oilada edim. Esimda onam va opalarim bilan shahrimiz ko`chalarini supurib yurar ekanman, bunday qiyinchilik hayotda qolib ketishdan qo`rqar edim va onamga aytardim onajon hali sizlarni bunday hayotdan ozod qilaman, katta, hashamatli prezidentlarnikiga o`xshash uyimiz bo`ladi. Degan fikrlar bilan ularga umid berardim. Axir yolg`iz o`gil edim. Aynan shu gaplarim menga tinchlik bermasdi va men onamlarga bergan va`damni bajara olmaslikdan qo`rqib o`z ustimda tinimsiz ishlardim. Maqsadimga yetib katta futbolga qadam qo`yganimda ham mana shu qo`rqinch hissi meni haligacha chulg`ab olgan edi. Kunlarning birida yosh paytlarim endigina katta futbolga qadam qoyganimda bir jurnalist oldimizga keldida sheriklarimdan so`radi: «eng kuchli futbolchi sizningcha kim?» Sheriklarim o`zlarini fikrlarini aytishdi. Navbat menga keldi. Menga aynan shu savolni berganida men eng kuchli futbolchi o`zim deb javob berdim. Shunda sheriklarim ustimdan kulishdi va men indamadim teskari qarab yo`limda davom etdim. Ertasi kuni shu intervyuni telekanallarda qo`yishardi. Keyin yana menda o`sha tanish qo`rquv hissiyoti paydo bo`ldi. Men kuchliligimni ularga isbotlay olamanmi? Jurnalistning savoliga bergan javobimdan o`zim ham qo`rqib qoldim. Ularga zo`rligimni isbotlay olamanmi qo`rqardim men. Ha ko`rsata olardim buning yo`li bitta o`z ustimda tinimsiz ishlash, mehnat qilish qolgani bilan ishim yo`q va ko`rib turibsiz men dunyoning eng kuchli futblchisiman. Ularga aytgan gapimni isbotladim».
Maqolam so`ngida sizga beradigan tavsiyalarim:
Ojiz inson doim javobgarlikni kimga yuklasam ekan, deb qidiradi. Kuchli inson esa doim javobgarlikni o`z zimmasiga oladi! Ojiz odam bundan doimo ojiz, kuchli inson esa kuchli bo`lib boradi.
Muvaffaqiyatsizlik degan tushuncha yo`q, har bir narsaning o`z sababi va yashirin sabog`i bor.
Muvaffaqiyatli insonlar fursat kelishini kutib o`tirmaydilar, balki, ana shu fursatni o`zlari qo`lga kiritib qo`ya qoladilar.
Muvaffaqiyatga shunday erishingki, sizning g`alabalaringiz haqida boshqalar gapirishsin o`zingiz emas!
Muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatsiz insonlar qila olmaydigan ishni qilishadi, osonroq emas yaxshiroq bo`lishga harakat qiling.
Barcha yaxshi narsalar taslim bo`lmaganlarga keladi kutganlarga emas.
Odamlar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, «Peshona ekanda, taqdirda shunday deb yozilgan ekan» deyishadi. Lekin yutuqqa erishganda hech kim taqdirga yozilganini eslamaydi. Aksar xatolarimizni taqdirga yuklab qutulmoqchi bo`lamiz…
Eshiklar qanchalik katta bo`lmasin ularning kaliti kichkina bo`ladi.
Inson oldiga ikki maqsadni qo`ya olsa, uni yo`lidan hech bir inson va hech narsa qaytarolmaydi:
Birinchisi: hech qachon taslim bo`lmaslik va mqasad sari to`xtamay harakat qilish.
Ikkinchisi: Birinchisini doimo yodda saqlang!
Siz ertani kutasiz lekin doim bugun kelaveradi. Ertadan o`zgarmoqchimisiz? Nega unda bugundan o`zgarmayapsiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |