Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/683
Sana23.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#402983
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   683
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

B a y t:
 
[Qattiq mast bo‘libsan, baland-pastni bilmaysan. 
Hushyor bo‘l! O‘z aslingni yo‘qotma!)
2

 
Dedim: Ey Shayx, ne buyurursen? Dedi: Kir va o‘ltur va bu kalimaga mashg‘ul bo‘lki, bu kalimaning 
sening bila ishlari bor. Chun Pir Tengri rahmatig‘a vosil bo‘ldi, bizga suluk tariqida vaqoe’ ashkolin 
qilur kishi qolmadi. Chun Shayx Abulabbos xidmatig‘a Omulg‘a borduq va bir yil Shayx xidmatida 
bo‘lduq. Debdurlarki, Shayx Abulabbosning xonaqohida so‘fiylar jamoatxonasi mavzei bor erdiki, 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
102
Shayx qirq bir yil anda bo‘lg‘ondur. Agar darveshlar orasida biri kecha namoz qilsa, Shayx der erdiki, 
ey o‘g‘ul, sen uyuki, bu qari xar ne qilur, sizing uchun qilurki, aning hech nimaga ehtiyoji yo‘q turur. 
Va hargiz ul bir yilda Shayx Abu Saidg‘a demadiki, sen yotqil, yo namoz qilmag‘il! Va anga o‘z 
xilvatining o‘trusida uyg‘ina berib erdi. Bir kecha Shayx Abulabbos uyidin chiqdi, magar fasd qilib 
erdi va raginin boshi ochilib erdi. Va Shayx Abu Saidning bu holdin xabari bor erdi, qo‘pti va bot 
hujrasidin chiqdi va Shayx qoshig‘a keldi va Shayxning xirqasin yudi va o‘z xirqasin chiqarib Shayxga 
tutaberdi va Shayx olib kiydi. Va Shayxning xirqasin namozi qilib, ham-ul oqshom-o‘q qurutub Shayx 
nazariga kelturdi. Shayx xirqani Shayx Abu Saidga-o‘q ishorat qildikim, kiyg‘il! Shayx Abu Said 
kiyib, o‘z zoviyasig‘a bordi. Tong ertakim, jamoat qo‘ptilar va hozir bo‘ldilar, Shayxning xirqasin 
Shayx Abu Said egnida ko‘rdilar va Shayx Abu Said xirqasin Shayx egnida, taassub qildilar. Shayx 
dedikim, bale, o‘tgan oqshom nisorlar bor erdi va barcha bu Mehnaliq yngitning nasibi bo‘ldi, 
muborak bo‘lsun anga! Ustoz Abu Solihki, Shayxning muqrisi erdi, bemor bo‘ldi. Xazrat Shayx 
Abubakr Muaddabg‘aki, farzandlarining adibi erdi, dedikim, davot va qalam keltur va kog‘azki, Abu 
Solih uchun bir nima bitayli! Ul hozir qilg‘ach, bu ruboiyni buyurdikim, bitidi.  
R u bo i y:
 
 
[Hurlar nigorimni ko‘rish uchun saf tortdilar. 
Rizvon taajjublanib, qarsak chalib yubordi. U 
qoraxol yuzlarga parda tortti. Abdol qo‘rqqanidan  
«Qur’on»ga changal urdi]
3

 
Va Abubakr Muaddabg‘a dedikim, eltib, Abu Solihg‘a bog‘ladi. Filhol sihhat topti va hamul kun 
chiqdi. Hamul dastur bila bu ruboiyni soyir marazig‘a o‘qurlar va naf’ yetkururlar. Va ba’zi akobir 
sharhlar bitibdurlar. Shayxdin so‘rdilarki, tasavvuf nedur? Dediki, [miyangdagi borini chiqarib tashla! 
Qo‘lingdagi borini ehson qil! Boshintga nima kelsa, xotirjam. qarshi ol!]
4
 Va ham Shayx debdurki, 
[Alloh basdur, qolgani havasdur, tiyilmog‘i shart bo‘lgani – nafs-dur]
5
. Shayx juma kechasi xufton 
namozi vaqti to‘rt yuz qirqda Sha’bon oyi dunyodin o‘tti. Va umrlari ming oy erdi. Alarning zikrida 
qalam ojizdur, bitilgandin mabsutroq tilagan «Nafahot ul-uns»da ko‘rsun. Va barcha holatlari 
maqomotlaridakim, niyozmandlardin ba’zi bitibdurlar, bordur. Va ul el orasida ko‘pdur – magar andin 
bahra vofiy topqaylar. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   683




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish