Sheroz navohisidindur. Zunnun Misriy ashobidin. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Muhriz
dedikim, Nisodin Sheroz azimatig‘a chiqtim va sultonning qoyidi va atbo’i bila yo‘ldosh bo‘ldum.
Alarning af’ol va atvori manga bag‘oyat makruh keldi. Ko‘ngluda inkor qilib tiladimkim, alardin
ayrilg‘aymen. Nogoh bir un chiqtikim, qoyidning kamari g‘oyib bo‘lubdur. Va ul ont ichibdurki, qofila
xalqin borisin axtarg‘ay. Va birin-birin bari elni taftish qildilar, men qoldim. Va pas xalq dedilar, bu
shayx qolibdur va andoq kishini bu nav’ ishga nechuk muttaham qilsa bo‘lg‘ay? Qoyid dediki, men ont
ichibmen, foyda qilmas, axtarmoq kerak. Meni ham axtardilar. Ul kamar belimda bog‘lig‘ chiqti. Men
dedimki, billohki manga bu ishdin xabar yo‘qtur. Qoyid dedi, bu yolg‘on ont o‘gurlig‘idin azimroqdir.
Meni buyurdikim, yo‘l boshida qofila guzargohida asrag‘aylar, to har kishi o‘tsa, tavbix va sarzanish
qilg‘ay. Va andoq qildilar va mening hamrohlig‘imdin ayrildilar. Va Shayx Abu Muzohim Sheroziy va
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi
82
Shayx Abu Hafs bila xalo aritqonkim o‘tti, Shayx Abu Abdulloh Xafif Shayx Abu Muhrizg‘a nisbat
beribdur.