136. Abulqosim Roziy q. t. s.
Oti Ja’far b. Ahmad b. Muhammaddur. Nishoburda sokin erdi. Ibni Ato va Muhammad Abulhavoriy
va Abu Ali Rudboriy bila suhbat tutubdur. Ko‘p moli bor erdi. Barchasin bu toifag‘a xarj qildi va
darvesh dunyodin chiqdi. Ray mashoyixi debdurlarki, Abulqosimda to‘rt nima jam’ erdiki, o‘zgada
yo‘q erdi. Jamol va mol va zuhdi bakamol va saxovatn tamom. Uch yuz yetmish sakkizda dunyodin
o‘tubdur.
137. Abulqosim Hakim Samarqandiy q. t. s.
Oti Ishoq b. Muhammad Ismoilduo. Abubakr Varroq bila suhbat tutubdur. Yaxshi so‘zlari bor:
muomalotda va nafs g‘aybida va a’mol ofotida. Uch yuz qirq ikkida muharram oyida dunyodin
o‘tubdur va qabri Chokardiyzadadur.
Bir kun o‘lturub erdi va xalq orosida hukm qiladur erdi. Ul vaqt buzurglaridin biri oning ziyoratiga
keldi. Oni ul nav’ mashg‘ul ko‘rub, sajjodasin davzliq suv yuziga solib, namozg‘a turdi. Chun forig‘
bo‘ldi. Shayx Abo‘lqosim anga aytdikim, ey qarindosh, munii xud yoshg‘inalar qilurlar. Er uldurki,
muncha shug‘l orosida ko‘nglini Tengri jalla zikruhu bila asray olg‘ay.
Do'stlaringiz bilan baham: |