Mavzu: Ishxonadagi xatolar.
Donishmandlarning "Yuziga boqma, so'ziga boq" - degan hikmatlari ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyatining fikriy goʻzalligini yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir – biriga bogʻlovchi, yaqinlashtiruvchi, katta-kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning goʻzal hayot kechirishida, jamiyat orasida oʻz oʻrnini topa olishida, boshqalar tomonidan hurmat ehtiromga eriShuvida muomalaning o'rni kattadir. Insonning shirinso zligi kishining tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, soʻzga boyligi, chechanligi, ma'nodorligi uning ziyoliligi, bilimdonligini koʻrsatadi. Goʻzal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha achchiq soʻz, qoʻpol muomala inson qalbini larzaga soladi. "Muomala shahslararo munosabatning shunday ko'rinishiki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, ta'sir o'tkazadilar va ta'sirlanadilar"." Etiket keng qamrovli tushuncha boʻlib, u ma'lum ma'noda, umumbashariy miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o*z ichiga oladi. Ulardan bizga odat boʻlib qolgan koʻrishish etiketidir. Salom berish kundalik hayotimizda eng ko'p qoʻllaniladigan odat boʻlib, xushmuomalalikni talab qiladi. Salomlashish kishilar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat, muomala munosabatlarining avval boshi boʻlgani uchun uning bajarilishini ham alohida qoidalar bor. Salomlashganda aytiladigan soʻzlarga «Assalomu aleykum», «salomatmisiz», «omonmisiz», «yaxshimisiz», «salomat bo'ling» deyiladi. Bu soʻzlarda, insonlarning bir-biriga hurmat ehtiromi, xayriholik izhori bilan birga chuqur mazmun va mulohaza bor. Kundalik hayotimizda ishlatib turadigan "marhamat qiling", "baraka toping", "rahmat", "behad minnatdorman", "uzr", "avf etasiz", "kechiring" va shu kabi tushunchalar borki, ularning barchasi mulozamatni, insonlarga boʻlgan kamoli ehtiromni bildiradi. Shunga e'tibor berish kerakki, insonga qoʻyiladigan talab bilan unga ko'rsatilayotgan iltifot bir-biri bilan bevosita bogʻlanib ketganligidan ular orasiga chegara qoʻyib boʻImaydi. Masalan, birovning eshigini taqqillatib ruxsat so'rab kirish, boshqa insonni noqulay vaziyatga solib qoʻyishni oldini oladi.
Salomlashish insonning insonga bildirgan hurmati, odamlarning oʻzaro muomala munosabatlarini boshlanishi, bir-biri bilan suhbatlashayotgan ikki dilning kalitidir. Salom berilganda sizga yoqimsiz qarab turgan inson ham alik oladi. Qoʻl berib koʻrishayotgan vaqtda bir-birlarini qo'llarini qattiq siqib, qoʻlini ogʻritib yoki qoʻlini uchinigina berib qoʻyish o'ta odobsizlikka kiradi. Yoshlar oʻzidan katta odamlar bilan koʻrishganlarida, albatta ikki qoʻlini berib koʻrishadilar. Ayniqsa, yosh bolalarning katta yoshdagilarga qoʻlini uzatib koʻrishishlari ham odobsizlik sanaladi. Kim birinchi boʻlib soʻrashishi lozim? Buning ham etiketda oʻziga yarasha qoidalari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |