Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
208
658. Shayx Shoh Ziyoratgohiy q. s.
Valodati Farohda ermish. Kichik yoshda otasi anig Farohdin Ziyoratgohg‘a kelturubdur Mavlono 
Kalon qoshig‘a. Va Mullo Kalon aning otasining muridi ermish. Aning takmilini anga havola qilibdur. 
Bulug‘ haddig‘acha Mullo Kalon ani muhofazat qilib, saboq o‘qubdur. Yigit bo‘lg‘ondin so‘ngra 
Ziyoratgohning qadim madrasasida sokin bo‘lub, zohiriy ulum takmilin qilibdur. Va Mavlono ham ul 
dastur bila andin xabardor ermish. Muddatdin so‘ngra shahrg‘a kelib, madrasasida sokin bo‘lub, mufrit 
taqvo yuzidin sulukka mashg‘ul bo‘lubdur. Zotida zuhd kichik yoshidin mutamakkin ermish, andoqki, 
tahsil chog‘ida hech tolibi ilm uyidin sham’ yorutmaydur. Chun inzivosi g‘oyati quvvat va niyati 
takmilu tatmimg‘a yetibdur, g‘aybdin abvobu kushod va anvo’i fayzu irshod alarg‘a yetibdur 
Ziyoratgohg‘a avd qilib, mavrusi manzilig‘a kirib sokin bo‘lubdur. Soyir avqotda hech kim bila ixtilot 
qilmas erdi. Akobir va ashrof, balki zamon podshohlari Shayx ziyoratig‘a borurlar erdi, ammo adabu 
ta’zim yuzidin rasm yo‘q erdiki, eshik qoqqaylar, xo‘shada tushub o‘ltururlar erdi. Birav uydin chiqsa, 
kirib xabar eltur erdi. Shayx tilamaguncha kishi kirmas erdi. Har kishi suhbatig‘a yetsa erdi
mahobatidin dalir so‘z ayta olmas erdi. Va haqoyiqu maorifi muassir erdi. Va podshoh va gadog‘a 
nasihatu pandi alassaviya erdi. Podshohga bir kun bu nav’ nasihat qilg‘andurki, harne o‘zungga ravo 
ko‘rmassan, Tengrining hech bandasig‘a ravo ko‘rma! Bu so‘z muassir tushub, chandin 
musulmonlarg‘a naf’ yetib, podshoh bu so‘zni mazkur qilur erdi. Va bu haqir bila ko‘p iltifoti bor erdi. 
Ko‘p qatla xayr duosi qilib erdi. Umid ulki mustajob bo‘lmish bo‘lg‘ay. Yoshlari yetmish ikkiga 
yetganda Ziyoratgohda dunyodin o‘ttilar. Va Hirot shahrida Shayx Bahouddin Umar q. s. hazirasig‘a 
naql qildilar. 
659. Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s. 
Alar Shayx Zaynuddin Xavofiy q. s. ning kibor xulafosidindur. Zohiriy va botiniy ulumda komil. Qirq 
yilg‘a yaqin irshod sajjodasi ustida istiqlol bila mutamakkin erdilar. Hazrat Shayx Tabodgoniy 
qaryasig‘a yetganda alar kichik yoshda ermishlar. Shayx suhbatining sheftasi bo‘lubdurlar. Shayx 
azimat qilg‘anda tilabdurlarki, xizmatida borg‘anlar. Shayx debdurlarki, holo, saning ish qilur vaqting 
emas. Tahsilg‘a amr qilibdurlar. Hirot shahrig‘a kelib, Feruzobod bozorida madrasai Sabzda necha 
vaqt zohir ulumi kasbig‘a mashg‘ul bo‘lubdurlar. Ammo doim xayollarida bu toifaning suluki 
dag‘dag‘asi bor ekandur. Bir kun hujralarida mutolaag‘a mashg‘ul ekandurlar, janoza saloti uni kelur. 
Qo‘porlarki, ul namozg‘a yetgaylar. Tashqari chiqib, ehtiyot qilurlar. Janoza va salot tortqon kishi 
ko‘runmas. Taajjub bila hujrag‘a kirib, yana mutolaag‘a mashg‘ul bo‘lurlar. Yana ul un kelur. Yana 
chiqarlar va ehtiyot va tafahhus qilurlar va har kishidan so‘rarlaru ne ul janozadin va undin asar bor 
ermish va ne hech kishiga andin vuquf. Alar o‘zlariga derlarki, go‘yo bu un [o‘lmasdan burun 
o‘linglar]
1
hadisi hukmi ishorat angadurki, o‘lumning tahniyasida bo‘lg‘ay, chun vaqt yetgan erkandur. 
Chiqib, Hazrat Shayx xizmatig‘a kelib, jidd bila sulukka ishtig‘ol ko‘rguzurlar va oz fursatda alarg‘a 
ko‘p rushd zohir bo‘lur. Shayx der ermishlarki, Mavlono Shamsuddin Muhammad sarig‘ oltun erdi. 
Biz ani sikkazada qilduq va har kimga maktube yo ruq’a bitsalar ermish, alarg‘a buyururlar ermish va 
istihson qilib der ermishlarki, bizing mofizzamirimizni bitirsen. Mavlonodin manquldurki, bir ramazon 
oyida Shayxning masjidining imomi g‘oyib ermish. Alarg‘a havola bo‘lubdurki, tarovihda imomat 
qilg‘aylar. Dastur bu emishki, Shayx masjidida tarovihda si pora Qur’onni bir xatm qilur ermishlar. 
Alar har kun bir se porani yod tutub, tarovihda imomat qilib, ul ramazon ma’hud dastur bila Qur’on 
xatm bo‘lubdur va Shayxdin so‘ngra istehqoqu istiqlol bila murshid alar bo‘ldilar va xosu omning 
ruju’i alar xizmatida voqe’ erdi va xonaqohlarida muridlarni arba’in va xilvatqa o‘lturtmoq va alar 
takmilig‘a ishtig‘ol ko‘rguzmak alar zamonida alarning xonaqohida o‘q erdi va xotirlari mayli yaxshi 
un bila samo’g‘a ko‘p moil erdi va Mavlono sozu xonandalig‘din bot muassir bo‘lib, samo’g‘a 
qo‘porlar erdi va behol bo‘lur erdi va majlis huzzorig‘a g‘arib asar qilur erdi. Andoqki, betahammul 
bo‘lub erdilar va alarning tasnifoti bor, misli «Asmbulloh sharhi» va «Manozil us-soyirin» va «Qasidai 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish