www.ziyouz.com
kutubxonasi
130
Va manom taqlilida e’tidol tariqi bila ko‘shish qilmaq, alal-xusus, [shom va xufton namozi orasidagi
vaqtda quyosh chiqmasdan oldin, hech kimga bildirmay turmoq kerak]
9
. Tavajjuh bila o‘ziga furu
bormoq va xavotir nafyi alal-xusus tamanniy xotiri hol va moziy va mustaqbal nisbatig‘a yaxshi
muassirdir [qalbdan pardalarni ko‘tarish uchun]
10
. Va yana: [til behuda gapdan sukut qilsa, qalb Alloh
bilan tillashadi. Agar til gapga tushsa, qalb sukut qiladi. Sukut ikki xildir: tilning sukuti va qalbning
dunyo andishalaridan sukut qilishi. Qimki, tilida sukut qilsayu qalbda sukut qilmasa, uning gunohi
yengil bo‘ladi. Kimki, tilda ham qalbda ham sukut qilsa, unga sirlar zohir bo‘ladi, ulug‘ va qudratli
Parvardigor unga tajalli qiladi. Kimki, tilida ham, qalbida ham sukut saqlamasa, shaytonning mulki va
qo‘g‘irchog‘i bo‘ladi. Bundan barchamizni Allohning o‘zi asrasin! Kimki, qalbda sukut qilib, tilda
sukut qilmasa, behuda gapdan tiyiladi, hikmat tili bilan gapirguvchi bo‘ladi. Allohu Taolo o‘z fazlu
karami ila ulardan bizni nasibador qilsin!]
11
.
Abu Nasr Porso q. s. va alardin so‘ngra alarning o‘rnida shajarai toyyibalari:
453. Xoja Hofizuddin Abu Nasr Muhammad b. Muhammad b. Muhammad Hofiz Buxoriy r. t.
Erdiki, ulumi shariat va rusumi tariqat poyasin buzurgvor otasig‘a yetku rub erdi va vujud nafni va
mavjud bazlida alardin ham o‘tkarub erdi va satri holu talbisda bir masobada erdilarkim, hargiz alardin
zohir bo‘lmas erdiki, bu yo‘lg‘a qadame urmish bo‘lg‘aylar va bu toifa ulumidin, balki soyir ulumdin
mas’ala bilmish bo‘lg‘aylar va agar alardin savol qilsalar erdi, der erdilarki, kitobg‘a ruju’ qilali! Chun
kitob kelturub, ochsalar erdi, to hamul mahalda chiqar erdi. yo maqsud varaqidin bir-ikki varaq yuqori
yo qo‘yi. Mundin taxalluf qilmag‘ay erdi.
Bir kun alarning majlisida Shayx Muhiddin Arabiy q. t. s. zikri va oning musannafoti o‘tar erdi.
Buzurgvor otalaridin rivoyat qildilarki, alar der erdilarki, «Fusus» jondur va «Futuhot» ko‘ngul. Va
dag‘i der erdilarki, har kim «Fusus»ni yaxshi bilsa, anga Hazrat Risolat s. a. v. mutoba’atining doiyasi
qaviy bo‘lur va alardin bu so‘z noqili Hazrat Maxdumiy n. m. n. dur va bu haqir alar ashobu
muridlaridin bir siqa! kishidin eshittimki, alarning husnu xulqi bobida dedikim, bir kun alarning
tag‘oyisiki, hofiz va xushxon kishi ermish bataxsis «Qur’on» o‘qimoqda. Bir kun bir mulozimig‘a
g‘azab qilib, nafsoniyat yuzidin safohat qilib so‘kadur ermish. Alar yetibdurlar va oning g‘azabi o‘ti
muntafi’ bo‘lmaydur. Alar anga iltimos qilibdurlarki, bizing uchun bir ushr «Qur’on» o‘qung! Bu
iltimos hech kimga yo‘q der iltimos ermas, xususan, alardek buzurgvorg‘a. Zaruratan «Qur’on»
o‘qumoq bunyod qilibdur. Bu latofat bila nahy munkar hech kishi yod bilmaski, kishini past
martabadin ne biyik manzilg‘a dalolat qilg‘aylar va orada kulliy maqsud xud xo‘broq vajh bila hosil
bo‘lg‘ay va alar sakkiz yuz-etmish beshda dunyodin o‘tdilar va qabrlari Balxdadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |