www.ziyouz.com
kutubxonasi
145
480. Shayx Najmuddin Roziy al-Ma’ruf bi-Doya q. s.
Ul dag‘i Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning ashobidindurki, aning tarbiyatin Shayx Najmuddin
Bag‘dodiyg‘a havola qilgan ekandur. «Mirsod ul-ibod» va «Bahr ul-haqoyiq» tafsirnning
musannifidur. Va Chingizxon voqe’asida Xorazmdin chiqib, Rumg‘a boribdur. Va anga Shayx
Sadruddin Qunyaviy va Mavlon» Jaloluddin Rumiy q. s. bila muloqot voqe’ bo‘lubdur. Naqldurki,
uchalasi bir kun bir majlisda erdilar. Namozi shom qoyim bo‘ldi, ikki mazkur bo‘lg‘oi azizlar imomat
iltimosi qildilar. Ul ikkala rak’atda «Fotihat ul-kitob»din so‘ngra [«Kofirun»surasini]
1
qiroat qildi.
Namozdin forig‘ bo‘lg‘andin so‘ngra Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy Shayx Sadrudding‘a boqib,
tiybat yuzidin dedikim, zohiran birini sizing uchun va birini bizing uchun o‘qidi. Vafoti olti yuz ellik
to‘rtta voqe’ bo‘ldi va Bag‘dodning Shuniziyasida qo‘ydilar. Va Hazrat Maxdumi n. m. n. «Nafahot ul-
uns»da bitibdurlarki, Shayx Sarn Saqatiy va Shayx Junayd Bag‘dodiy q. r. maqbarasidin tashqari qabre
erdi, aning qabri deb ayttilar, v. t. a. Va bu ruboiy aning maqulotidindur.
Ruboiy:
(Gar sham’da men kabi judolik dog‘i bor, yig‘iyu yonish bilan oshnoligi bor. Sham’ning sarrishtasi
oqibatimdan yaxshiroq, chunki uning boshida yorug‘ligi bor]
2
.
481. Shayx Raziyuddin Ali Lolo G‘aznaviy q. s.
[U Ali b. Said b. Abdujalil Loloi G‘aznaviy]
1
. Va bu Shayx Saidki, Shayx Ali Loloning otasidur.
Hakim Sanoiyning ammzodasidur. Haj azimati bila Xurosong‘a kelibdur. Va Abu Ya’qub Imom Yusuf
Ha-madoniy suhbatig‘a yetibdur. Va ul vaqtki, Shayx Najmuddin Kubro q. s. hadis talabig‘a
Hamadong‘a bordi, Shayx Ali Lolo bo‘lur kentning bir yig‘ochida tushdi. Ittifoqan Shayx Ali Lolo
ham kecha voqe’ada ko‘rdiki, bir shotu qo‘yubdurlar, osmong‘acha. Va birav bu shotu boshida
turubdur. Va el bir-bir aning qoshng‘a kelurlar va ul bularning iligin tutub, osmong‘acha eltur. Va bu
ilig tutub eltgan kishi bu kishining iligin anga berur va ul iligin tutgan kishini osmong‘a eltur. Shayx
Ali Lolo ham bordi va aning ham iligin tutub, ul kishi iligiga berdilar va osmong‘a chiqardi. Chun bu
voqeani otasig‘a dedi, ul so‘rdiki, ul kishini tanirsen? Dedi: tanirmen va oti ham xotirimdadur. Dedi:
talab qilmoq kerakki sening ishing kalidi aning iligidadur. Shayx Ali Lolo aning talabida musofir
bo‘ldi va necha yil olam girdida safar qildi va andin hech nav’ nishon va asar topmas erdi, to ul
zamonki, Hazrat Shayx Najmuddin Kubro q, s. Xorazmg‘a keldi va bu tariqni muntashir qildi. Ul
chog‘ Shayx Ali Lolo Turkistonda erdi. Xoja Ahmad Yassaviy q. s. xonaqohida xilvatda o‘lturub erdi.
Ittifoqan birov Xorazmdin kelib erdi va Xoja Ahmad Yassaviy q. s. andin so‘radurki, Xorazmda holo
hech darveshe bu toifadin bormukim, el bu tariqni andin bilgaylar? Ul dediki, bir yigit paydo bo‘lubdur
va xalq irshodig‘a mashg‘uldur va ko‘p el anga irodat kelturub tegrasig‘a yig‘ilibdurlar. Xoja
so‘rdilarki, oti nedur? Javob berdiki, Shayx Najmuddin Kubro. Chun Shayx Ali Lolo bu otni eshitti,
xilvat ichidin iztirob bila chiqti va safarg‘a belin bog‘ladn. Xoja so‘rdilarki, ne voqe’dur? Ayttikim,
safar qilurmen. Xoja dedilarki, qishdur, tahammul qil yoz bo‘lg‘uncha. Shayx Ali Lolo dediki,
qilaolmon. Andin musofir bo‘lub, Shayx Najmuddin Kubro xidmatlarig‘a keldi va sulukka mashg‘ul
bo‘ldi. Andin so‘ngra ko‘p muddatdin so‘ngra Shayx Majduddin Bag‘dodin Hazrat Shayx:
mulozamatlarig‘a musharraf bo‘ldi. Hazrat Shayx o‘ttiz besh yoshlarida taxminan sulukka mashg‘ul
bo‘lub-durlar va Shayx Majduddin to‘rt-besh yosh Shayx Ali Lolodin ortug‘ ermish. Ammo Shayx Ali
Lolo yigitlikining avvalidan mashg‘ul bo‘lubdur va alar ul vaqt hanuz sulukka mashg‘ul bo‘lmag‘on
ermishlar. Shayx Ali Lolo mashoyixdin ko‘pning suhbatig‘a yetgan ermish. Derlarki yuz yigirma to‘rt
shayxi komili mukammaldin xirqa olib ermishlar va vafoti chog‘i yuz o‘n uch xirqa ul jumladin
mavjud ermish. Va Hinduston safari qilibdur. Va Aburrizo Ratan suhbatig‘a yetibdur va Rasul s. a.
v.ning amonatin andin olibdur. Andoqki, Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. ani tashih qilibdur va
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |