476. Ayn uz-zamon Jamoluddin Giliy q. s.
Ul dag‘i Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning xulafosidindur. Bag‘oyat donishmand va fozil ermish.
Avoyildaki, Hazrat Shayx suhbati azimati qildi, kitobxonag‘a kirdi va ulumi aqliy va naqliy latoyifidi
majmuae intixob qildiki, safarda aning munisi bo‘lg‘ay va Xorazm azimati qildi. Chun yaqin yetti, bir
kecha voqe’ada ko‘rdiki, Hazrat Shayx anga ayturki, ey Giliykina, yukingni tashla, dag‘i kel! Chun
uyg‘ondi andisha qildiki, chun men dunyo asbobidin hech nima: ko‘tarmayman, yukum ne nima bo‘la
olg‘ay? Yana kecha ham ushbu voqe’ani ko‘rdi va uchunchi kecha ham ko‘rdi. Tahayyur yuzidin
voqe’ada Shayxdin so‘rdikim, yo Shayx, yuk ne nimadur? Ul hazrat dedilarki, ul majmuaki
ko‘taribsan. Uyg‘ongach, ul majmuani Jayhung‘a tashladi. Chun Hazrat Shayx mulozamatig‘a
musharraf bo‘ldi, ul Hazrat dedilarki, agar ul yukni tashlamasang erdi, hech foyda qilmas erdi. Pas
anga xirqa kiydurdilar va arba’ing‘a o‘lturttilar. Arba’in itmomidin so‘ngraki, ulug‘ marotib hosil
bo‘ldi. Ayn uz-zamon laqabi berdilar. Shayx Ayn uz-zamon Qazvinda bo‘lur ermish. Aning sodotidin
biri Sherozg‘a borur erdi. Shayx xidmatig‘a keldi va Sheroz podshohig‘a siporish iltimos qildiki,
Shayx Ayn uz-zamong‘a ko‘p irodati bor erdi. Shayx kog‘az va davot va qalam tiladi Va bitidiki: Asal
va roziyona. Va anga berdiki, muni podshoh iligiga bergansen. Ul sayyid chun Sherozg‘a yetti,
podshoh eshikiga bordi. Dedilarki, ichi og‘riydur va hammomdadur. Musofir xammom boshig‘a bordi
va Shayxning ruq’asin andoq qildiki, podshoh iligiga yetti. Podshoh dediki, Shayx karomat nuri bila
ma’lum qilibdurki, bizda maraz bor va davo bitibdur. Filhol asal va roziyona tilab yedi va ul og‘riq
daf’ bo‘ldi. Va ruq’a: kelturgan kishiga ko‘p rioyatlar qildi.
477. Bobo Qamol Jandiy q. t. r.
Chun Bobo Kamol Jandiy Hazrat Shayx Najmuddin Kubro q. .s. xidmatida ikmol va takmil martabasi
topti. Hazrat Shayx anga xirqa kiydurdi va Turkiston sari havola qildi. Va dedikim, Turkiston
viloyatida Mavlono Shamsuddin Muftiyning farzandiki otin Ahmad Mavlonodur, bizing bu xirqani
anga yetkur va tarbiyatni andin darig‘ tutma! Chun Bobo Kamol maqsadg‘a yetti, jamoat atfolni
ko‘rdikim o‘ynaydur erdilar va bir tiflki, Ahmad Mavlono bo‘lg‘ay, alarning to‘nlarin asrab o‘lturub
erdi. Chun Bobo Kamolni Ko‘rdi, qo‘pti va istiqbol qilib, salom qildi. Va dediki, necha biz
o‘zgalarning to‘nin asrag‘aybiz va siz bizing to‘numuzni asrag‘aysiz. Bobo aning bila muso-faha qildi
va Muftiy uyig‘a iligin tutub kirdilar. Muftiy dediki, bu farzand majzubdur, shoyad shoyista xidmat
qila olmag‘ay. Ulug‘ og‘asi Donishmand Mavlono bag‘oyat ziyrak va muaddabdur. Bobo dediki, anga
ham nasib bo‘lg‘ay, ammo biz Hazrat Shayx havolasi va ishorati bila munung xidmatig‘a kelibbiz.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |